Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Napoli" prezidenti Osimxenni sotish variantini ko‘rib chiqmoqda

"Napoli" prezidenti Osimxenni sotish variantini ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis jamoa hujumchisi Viktor Osimxenning kelajagi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz Osimxen bilan gaplashishda davom etamiz. Biz unga yozda yangi shartnoma taklif qilgandik, ammo u hali imzolashga tayyor emas. Shu sababli, "Napoli" futbolchini keyingi yili sotish imkoniyatini ko‘rib chiqadi", - dedi funksioner.

Joriy mavsumda 24 yoshli forvard 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Osimxenning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, nigeriyalik futbolchining narxi 120 million yevro.

Kiritildi: 20:23, 02.12.2023.
O'qildi: 968 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик