Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Luka Modrich: «Real» - men uchun hayot!»

Luka Modrich: «Real» - men uchun hayot!»

Baho:
+ | -

Xorvatiyalik tinib-tinchimas Luka Modrich «Real» tarkibida 500ta o‘yin marrasini «urib» qo‘ydi:

Kataloniyada o‘tgan oxirgi «El-klasiko» (2:1) mittigina yarim himoyachi uchun yubiley o‘yin bo‘lgandi. Luka yaqinda «Qirollik klubi» rasmiy kanali mehmoni bo‘ldi va Madriddagi faoliyatining eng muhim bosqichlarini esladi, yana muhim ahamiyatga ega esdalik futbolkalari haqida gapirdi.

Madriddagi yo‘li

- «Real Madrid» - men uchun hamma narsa. Shunchaki, hayotimning ajralmas qismi, oilam, borligim. Xorvatiyadanman, o‘sha yerda tug‘ilib-ulg‘ayganman, lekin 11 yildan buyon Ispaniyada yashayapman. Qisqasi, bu yerda o‘zimni xuddi uydagidek his qilaman. Asosiysi, futbol tarixidagi eng yaxshi klubda ta’riflanmas voqealarni boshdan kechirdim. Albatta, buning uchun «Madrid»dan bir umr minnatdorman.

«Real» libosidagi 200-o‘yini

- Maxsus raqam. Ochig‘i, «Real»da 200ta o‘yin - bu juda ko‘p. Qolaversa, o‘sha vaqt «Desima» (CHLda 10-g‘alaba)  rasmiylashtirdik. «Madrid» bu g‘alabani ancha uzoq kutgandi, qolaversa, «Desima»ni 10-raqam ostida nishonladim. Qisqasi, har tomonlama, ahamiyati yuqori voqelik. Oddiy aytganda, 200-o‘yin faoliyatimda alohida o‘rin tutadi - maxsus belgi.

YECHLda ketma-ket 3ta g‘alaba

- Jamoa futbolkasidagi 250-o‘yinim Kiyevda o‘tgan CHL finaliga to‘g‘ri keldi va biz turnirda qatorasiga 3-g‘alabani rasmiylashtirdik. Bunaqasiga ishonish qiyin. Bilamizki, futbol tarixida boshqa biror klub bunday natijaga erishmagan. Finalda kiygan futbolkam hozir ham ajoyib holatda. Umuman, o‘sha mavsum o‘ta muvaffaqiyatli tus olgan, jamoadoshlarim bilan har bir o‘yin va kurashdan o‘zgacha zavqlangan edik.

300-o‘yin va «Oltin to‘p»

- O‘zi azaldan 300-raqamni yoqtiraman. 300-o‘yinimdan esdalik bo‘lib qolgan futbolkaning qadri juda balandligi o‘z-o‘zidan tushunarli. Binobarin, o‘sha payt «Oltin to‘p» sohibiga aylangan edim. Xorvatiya milliy jamoasi jahon chempionatida qoyilmaqom darajada o‘ynadi va buning samarasi o‘laroq, asosiy individual mukofotni qo‘lga oldim. Qisqasi, 300-o‘yin va uning atrofidagi voqealarni hech qachon unutmayman. Aytishim mumkinki, bu futbolka men uchun eng qadrlilaridan biri hisoblanadi.

350-o‘yin: «El-klasiko» va gol 

- Yana bir maxsus futbolka. Axir o‘shanda azaliy raqib - «Barselona»ga qarshi o‘ynadik, To‘g‘ri, uchrashuv boshida zaxira o‘rindig‘ida qoldim, lekin maydonga tushish ishtiyoqida yonardim. O‘zi «Klasiko»da ishtirok etish jonu-dilim. Zero, bu maxsus o‘yin sanaladi. O‘shanda jamoamiz ustunlikka erishdi, men esa final hushtagi yangrashiga chamasi 30 daqiqa qolgan vaqt maydonga tushdim. Esimda, o‘yin­ga qo‘shilganim bilan kulguli holat yuzaga kelgandi: to‘pni olgach, chetda maydonga tushishga hozirlanayotgan Rodrigoga ko‘zim tushdi. U o‘sha payt juda yaxshi sport formasida edi. Qisqasi, Rodrigoga bir qaradim va to‘pni unga uzatdim. Vaholanki, hali o‘yinga qo‘shilmagan edi. Esda qolarli va kulgili vaziyat. Rodrigo maydonga tushganidan keyin bu borada hazillashishga ham ulgurdik. Oradan ko‘p o‘tmay, u meni to‘p bilan ta’minladi va 2-3ta harakatni amalga oshirish asnosida gol urdim. Jarima maydoni tashqarisidan yo‘llangan zarbam o‘ta chiroyli chiqdi. Bu gol miyamga muhrlanganini ham aytishim kerak. Umuman, futbolchi bunday zarbalar ustida qancha ko‘p ishlasa, samarasi shunchalik yaxshi chiqaveradi.

400-o‘yin va unutilmas CHL

- 400-o‘yinimga guvoh futbolkada   «Kamp Nou»ga bordim va yana bir unutilmas «Klasiko»da qatnashdim. Muhimi, ortga g‘alaba bilan qaytdik. Qisqasi, «400» belgisi ham tarixga muhrlandi. O‘shanda fantastik futbol namoyish etganimiz ham bu futbolka   qadrini oshirib yubordi o‘z-o‘zidan. Bundan tashqari, mavsumni Parijda yuqori notada yakunladik - CHL kubogini 14-marta qo‘lga kiritdik. G‘alaba qozonganimiz ham mayli, turnir ssenariysi abadiy esda qoladi. Chunki final sari borishda Yevropaning eng sara klublariga qarshi o‘ynadik, «Bernabeu»da sehrli «kam­bek»larni amalga oshirdik. Chempionlar Ligasi shohsupasiga olib boruvchi ajoyib yo‘l! Bunaqasi hali-veri takrorlanmasa kerak. Shunday ekan, bu futbolka ham men uchun o‘ziga xoslaridan biridir.

Chempionlar Ligasi  zarvarag‘i

- Ochig‘i, asosiy yevrokubokda 5 marta zafar quchish - aql bovar qilmaydigan yurish. Bunaqasini hech qachon na tasavvur qilganman, na o‘ylaganman. Albatta, «Real» safiga qo‘shilganingizdan keyin o‘z-o‘zidan Chempionlar Ligasi, La Liga va «Qirol kubogi» kabi yirik turnirlarda zafar quchishni xohlaysiz. Chunki klub falsafasi shu. Ammo CHLda naq 5 marta g‘alaba qozonishni xayolimning bir chekkasiga ham keltirmagandim. To‘g‘risi, hali ham qisqa vaqt ichida shu qadar katta ishni amalga oshirganimizni to‘liq anglamaganmiz.

Benzema, Zidan va  «Oltin to‘p»

- Yana bir muhim voqelik - 450-o‘yin! «Bernabeu»da gol urish esa yanada yoqimli va muhim. E’tiborli tomoni, o‘sha o‘yinga sardorlik bog‘ichi bilan tushgandim. Uchrashuv yana shunisi bilan esimda qolganki, Karim Benzema maydonga tushishdan oldin «Oltin to‘p»­ni ko‘rsatgandi muxlislarimizga. Yana bir tomoni, Zidan ham kelgandi va mukofotni Karimga ikkimiz birgalikda topshirganmiz. Shuncha voqelikka qo‘shimcha tarzda «Se­vilya» darvozasiga gol ham urdim. Ha, sehrli oqshom!

Nihoyat, 500-o‘yin!

- Bunisi haqida nima de­yishni ham bilmayman - shunchaki, aqlga sig‘mas natija. «Real» futbolkasida 500ta o‘yin marrasiga yetish hayratlanarli. Fantastika! «Madrid»ning butun hayoti davomida 500ta o‘yin dovonidan oshish kamdan-kam futbolchilarga nasib etgani tushunardi. Bas, shunday ekan, o‘z natijam bilan chinakamiga faxrlanishim mumkin. Umuman, futbolda sovrin va shaxsiy mukofotlardan ham, turli statistik natijalardan ham muhimrog‘i bor - bu muxlislar e’tirofi. Shukrki, bu yerda har doim otashqalb va talabchan muxlislar mehrini yaqqol his etdim. Muxlislarni esa oddiy o‘yin bilan aldash mumkin emas. Har safar «Bernabeu» maydoniga qadam tashlaganimda, tribunalardagi muhitni ko‘rib, dilim yayrab ketadi. Tinimsiz qo‘llab-quvvatlashga javoban har doim qo‘ldan kelganicha harakat qilaman. «Bernabeu»ga minnatdorchilik bildirishning o‘zga yo‘li yo‘q!

- Ochig‘i, asosiy yevrokubokda 5 marta zafar quchish - aql bovar qilmaydigan yurish. Bunaqasini hech qachon na tasavvur qilganman, na o‘ylaganman. Albatta, «Real» safiga qo‘shilganingizdan ke­yin o‘z-o‘zidan Chempionlar Ligasi, La Liga va «Qirol kubogi» kabi yirik turnirlarda zafar quchishni xohlaysiz. Chunki klub falsafasi shu. Ammo CHLda naq 5 marta g‘alaba qozonishni xayolimning bir chekkasiga ham keltirmagandim. To‘g‘risi, hali ham qisqa vaqt ichida shu qadar katta ishni amalga oshirganimizni to‘liq anglamaganmiz.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:57, 02.12.2023.
O'qildi: 1184 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.