Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Ajoyib yangilik: Shohruh Davlatov marafon dasturida Parij-2024 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

Ajoyib yangilik: Shohruh Davlatov marafon dasturida Parij-2024 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, yarim marafon bo‘yicha milliy rekord sohibi Shohruh Davlatov marafon dasturida (42 km, 195 metr) Parij-2024 Olimpiada normativini bajarishga muvaffaq bo‘ldi. Hamyurtimiz Ispaniyada o‘tgan nufuzli «Valencia Marathon Trinidad Alfonso» musobaqasidagi natijasi orqali 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Davlatov mazkur turnirda 2:07:02 (2 soat, 7 daqiqa, 2 soniya) natija qayd etdi. Bu Parij-2024 Olimpiadasi uchun qo‘yilgan talabdan 1 daqiqa, 8 soniya yaxshiroq natija. Shuningdek, Shohruh ushbu ko‘rsatkich bilan 38 yil avval o‘rnatilgan milliy rekordni (2:13:28) ham yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Valensiyadagi nufuzli musobaqada Davlatov umumiy hisobda 18-o‘rinni egallagan.

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, surxondaryolik atletimiz ushbu natijaga erishish uchun so‘nggi ikki yil ichida bir necha oy dunyoning eng kuchli marafonchilari yetishib chiqqan Keniyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etdi. Bu O‘zbekiston delegasiyasining Parij-2024 Olimpiadasiga qo‘lga kiritgan 15-yo‘llanmasi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:23, 03.12.2023.
O'qildi: 1068 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик