Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbek klublarining saviyasi tushib ketdimi? Mirjalol Qosimov javob berdi

O‘zbek klublarining saviyasi tushib ketdimi? Mirjalol Qosimov javob berdi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi, 6-tur doirasidagi «Eyr Fors» — OKMK uchrashuvidan oldin tashkillashtirilgan matbuot anjumanida olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov va himoyachi Sardor Rahmonov ishtirok etdi.

— Bu biz uchun mavsumdagi oxirgi o‘yin. Milliy chempionatimiz yakuniga yetdi. Osiyo chempionlar ligasi biz uchun katta tajriba bo‘ldi.

— O‘zbek klublarining hozirgi holati haqida fikringiz qanday? Avvallari o‘zbek jamoalari Osiyo chempionlar ligasida pley-offga chiqar edi. Hozirda ularning keyingi bosqichga chiqishi so‘roq ostida turibdi.
— Menimcha, o‘zbek klublarining saviyasi yomon emas. Chempionlar ligasida 4 ta klubimizning ishtirok etishi darajamiz yomon emasligini bildiradi. Qolaversa, oldin guruhdan ikki jamoa keyingi bosqichga chiqar edi. Hozir esa 2-o‘rinni egallagan orasida 3 tasi pley-offga chiqadi. Aytib o‘tilganidek, 3 jamoamizda nimchorak finalga chiqish uchun yaxshi imkoniyat bor.

— OKMK "Sepahon"ga 9 ta to‘p farqi bilan yutqazdi, ammo avvalgi turda "Al-Ittihod"dek kuchli jamoaga qarshi juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Buning sababi nimada?
— Shuning uchun ham futbolni butun dunyoda yaxshi ko‘rishadi. "Sepahon"ga qarshi tur bahsida bizning kunimiz emasdi. Bundan tashqari, o‘ziga yarasha muammolarimiz bor edi. Asosiy tarkibning 7-8 nafar a’zosida jarohat bor edi. Qizil kartochka ham natijaning yirik bo‘lib ketishiga ta’sir ko‘rsatdi. Futbolda bunday yirik hisoblar uchrab turadi. Bu ham o‘ziga yarasha natija. O‘yinchilar bu mag‘lubiyatni unutib, "Al-Ittihod" bilan uchrashuvda yaxshi o‘yin namoyish etishdi.

— Ertangi o‘yin oldidan qandaydir qo‘rquvlar bormi?
— Guruhimizda kuchli jamoalar yig‘ilgan. "Eyr Fors"ni hurmat qilgan holda maydonga chiqamiz. Bizda hech qanday qo‘rquv yo‘q. Agar qo‘rquv bo‘lganida futbol o‘ynamasdik. Imkon qadar yaxshi natija uchun harakat qilamiz. Ammo oson bo‘lmaydi. Chempionatimizning so‘nggi turida og‘ir o‘yin o‘tkazdik va bu yerga yo‘l bosib keldik. Hali jarohatidan forig‘ bo‘lmagan futbolchilar ham bor. Shunga qaramasdan, maydonga muxlislarimizni xursand qilish uchun chiqamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:14, 04.12.2023.
O'qildi: 6514 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.