Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:00 Atletiko 3-0 Valensiya
16/09 17:00 Olimpik 1-1 Metallurg
16/09 17:30 Portugaliya 10-1 Panama
16/09 17:30 Eron 7-1 Venesuela
16/09 19:30 OKMK 1-0 Surxon
16/09 20:00 Tojikiston 2-4 Marokash
16/09 20:00 Gvatemala 3-5 Fransiya
16/09 21:30 Parma - Udineze
16/09 23:45 Lasio - Verona
17/09 00:00 Rayo Valyekano - Osasuna
17/09 22:00 Malyorka - Real Sosyedad
18/09 22:00 Betis - Xetafe

Santyago Ximenes: “Feyenoord”ning gol mashinasi

Santyago Ximenes: “Feyenoord”ning gol mashinasi

Baho:
+ | -

Kuchli beshlikka kirmaydigan chempionatlar ham yuqori saviyali va istiqbolli futbolchilarni yetishtiradi. Ulardan biri Santyago Ximenes. O‘tgan mavsumda "Feyenoord" forvardi barcha musobaqalarda, jumladan, Meksika chempionatidagi natijalarini hisobga olgan holda 50 ta o‘yinda 28 ta gol urdi. Joriy mavsumda 22 yoshli hujumchi 18ta o‘yinda ishtirok etib, 19ta gol urgan.

"Biz "Atletiko" bilan muzokara olib borganmiz", dedi u futbolchining agenti. “Biz u haqida “Inter”, “Milan”, “Lasio” va “Napoli” bilan ham gaplashdik. Menimcha, u "Inter" va "Yuventus" uchun ideal bo‘lishi mumkin. Ular uning uchun eng yaxshi variant bo‘ladi. Turli klublarga unga ishonishni maslahat berdim, uning qiymati 12 oydan kamroq vaqt ichida 10 million yevrodan 40 million yevroga ko‘tarildi. Endi unga eng yaqin bo‘lganlar – “Real” va “Tottenxem”, - deya qo‘shimcha qildi Paniyello.

Uning kelajagi haqidagi suhbatlar tinimsiz davom etmoqda. Agar futbolchi yuqori saviyada o‘ynasa, bu normal holat. Ximenes Eredivizionni Luis Suaresdan keyin hech kim qilmagan tarzda parchalamoqda. Urugvaylik futbolchi bir kalendar yilida chempionatida 30 ta gol urgandi. Ximenesda 2023 yilda 30 ta gol va oldinda yana 2 ta o‘yin bor. 2022 yilning yozida Meksikaning "Kruz Asul" jamoasidan "Feyenoord"ga atigi 6 million yevroga tushgan futbolchi uchun yomon emas.

Murabbiy Arne Slotning talablarini, ayniqsa, himoyaviy nuqtai nazardan tushunish uchun unga biroz vaqt kerak bo‘ldi. Gollar ham darhol kelmadi. 2022/23 yilgi mavsumning birinchi yarmida Santyago Erediviziyada bor yo‘g‘i ikki marta gol urdi. Avvaliga u rotasiya o‘yinchisi edi, chunki Slot hujumda boshqa hujumchini afzal ko‘rdi. Ammo meksikalik futbolchining katta salohiyati bor edi, masalan, Yevropa ligasida “Lasio”ga qarshi o‘yinda u 27 daqiqada dubl qayd etgan.

Mavsum qanchalik davom etsa, Ximenes o‘zini shunchalik ishonchli his qildi. Slot unga tobora ko‘proq ishona boshladi. Santyago fevral oyida "Feyenoord"ning asosiy hujumchisiga aylandi va jamoaning chempionlik g‘alabasida muhim rol o‘ynadi va ketma-ket to‘qqizta o‘yinda gol urdi. Futbolchining yaxshi formasi mantiqan uni 2022 yilgi jahon chempionati uchun milliy terma jamoaga kirita olmaganidan so‘ng Meksika tarkibiga kiritilishiga olib keldi.

Santyago faoliyatini yarim himoyachi sifatida boshlagan. Dastlab biroz uyatchan va noqulay hisoblangan bo‘lsa-da, u xavfli to‘purarga aylandi, yoshlar darajasida 4 mavsumda 100 ta gol urdi. Santyago 16 yoshida professional debyut qilgan. Ximenes dastlab "Feyenoord"ning taklifiga ishonmadi. U shubha qildi. Ammo otasi Niderlandiya uning rivojlanishi uchun ideal joy bo‘lishiga ishongan va vaqt ko‘rsatganidek, u haq edi.

Ximenesning o‘yinida hali ham kamchiliklar bor, bu yosh futbolchi uchun tushunarli. Slot hali ham himoyada undan ko‘proq narsani talab qiladi. Murabbiyning fikricha, Santyago ba’zida konsentrasiyani yo‘qotadi, bu esa o‘z navbatida pressing uchun to‘g‘ri pozisiyani tanlashga to‘sqinlik qiladi. Mutaxassisning fikricha, to‘g‘ri bosim o‘tkazilsa, meksikalik o‘z faoliyatini yanada yaxshilashi mumkin.

"Dunyoning narigi tomoniga o‘tganingizda, moslashish uchun doim vaqt kerak bo‘ladi", dedi "Feyenoord"ning sobiq hujumchisi Dirk Kuyt. "Ammo u juda tez moslashdi va boshida har bir o‘yinda qatnashmaganida xafa bo‘lmadi. U murabbiyni diqqat bilan tinglab, o‘zidan murabbiy uni qanday bo‘lishini xohlayotganini so‘radi. To‘pga ega bo‘lgan o‘yinchilar odatda nima qilishni bilishadi, lekin u to‘pni yo‘qotib qo‘yganda ham jamoa uchun juda muhim bo‘lib qoladi. Bu vaqt davomida u juda yaxshi rivojlandi va uni yaxshilashi mumkin bo‘lgan ko‘p narsa bor".

Ximenes allaqachon "Feyenoord"ning asosiy zarba beruvchi kuchi hisoblanadi. Klub afsonasi Jovanni van Bronkxorst ta’kidlaganidek, usiz asosiy tarkibda butunlay boshqa jamoa paydo bo‘ladi va meksikalikning gollari odatiy holga aylanib bormoqda. Bu mavsumda Santyago allaqachon 2 ta xet-trik va Erediviziyada 3 ta dubl qayd etdi. E’tiborlisi, u endi Chempionlar ligasida “Lasio”ga qarshi o‘yinda yana 2 ta gol urdi. U Erediviziyada 14 ta o‘yinda 17 ta gol urgan.

Muxlislar Yevropaning boy klublaridan biri “Feyenoord”ga Rotterdam rad eta olmaydigan taklif bilan chiqsa, Ximenes yanvarda sotilishi mumkinligidan xavotirda. Niderlandlarning maqsadi eng yaxshi futbolchisini hech bo‘lmaganda mavsum oxirigacha saqlab qolish. Biroq, ayniqsa, hozir sermahsul hujumchilarga talab qanchalik yuqori ekanligini hisobga olsak, futbolda hech narsa kafolatlanmaydi.

Kiritildi: 21:11, 04.12.2023.
O'qildi: 1210 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.