Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino - Yuventus

Superliganing 8 jamoasi reglament talabini bajarmagani uchun jazolanadi

Superliganing 8 jamoasi reglament talabini bajarmagani uchun jazolanadi

Baho:
+ | -

"Superliga va Proliga reglamenti”ning 10.18-bandiga ko‘ra Superliga klubi rasmiy uchrashuvlar davomida futbolchining funktsional holatini masofadan turib monitoring qilish imkonini beruvchi moslamadan foydalanishi hamda bu bo‘yicha hisobotni O‘FA uchun taqdim yetib borishi belgilangan.

O‘zini hurmat qilgan har qanday murabbiy uchun bu kabi moslamadan foydalanish odatiy holga aylangan. Biroq o‘zbekistonlik mutaxassislar mazkur masalaga yuzaki qarab kelayotganidan kelib chiqib, Liga assosiasiya bilan hamkorlikda uni reglamentga kiritishga majbur bo‘lgan. O‘FA terma jamoalarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar futbolchilar holatini tahlil qilib borishi uchun ham hisobot muhim hisoblanadi. Biroq 2023 yilgi mavsum davomida terma murabbiylari bu borada qiyinchilikka duch keldi.

Sababi Superliganing 8 klubi mazkur masalaga nisbatan yuzaki munosabatda bo‘lgan. Jumladan, OKMK va Nasaf klublari bu kabi moslamaga ega emas. Bunyodkor, Navbahor, Metallurg, Buxoro, Neftchi klublarida faoliyat olib boruvchi tahlilchilar O‘FA mutaxassislariga hisobot taqdim etmagan. Andijon masalasida faqatgina birinchi davra o‘yinlari hisoboti mavjud, ikkinchi davradan boshlab reglament talablarini bajarish to‘xtagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887-sonli farmonida professional futbol klublari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun ularda innovatsion laboratoriyalar tashkil etish, shu jumladan, futbolchilar jismoniy tayyorgarligini masofadan kuzatish qurilmalari va zamonaviy imitasiya uskunalari bilan ta’minlash masalasiga e’tibor qaratilgan. Shundan kelib chiqib, O‘FA 2021 hamda 2022 yilgi mavsumlarda Superliganing har bir klubiga foydalanishi uchun Janubiy Koreyaning Fitogether kompaniyasiga tegishli 36 donadan moslamani bepul bergandi. Ammo shundan keyin ham ayrim klublar zamonaviy talablar asosida faoliyat ko‘rsatmayotgani, futbolchilar holati, ulardagi oylik, yillik o‘zgarishlar, o‘sishlar yoki pasayishlarni tahlil qilishning to‘laqonli imkoniyatini bermayapti.

Futbol klublari butun mavsum davomida reglament talabiga bepisand munosabatda bo‘lgani, shuningdek, O‘FAning haqli rasmiy e’tirozidan kelib chiqib, ish tegishli qo‘mitaga oshiriladi. Qo‘mita yig‘ilishiga qadar biror futbol klubi mavjud hisobotni O‘FA uchun rasman taqdim etsa, jazo chorasi nisbatan yengillashtiriladi.

Kiritildi: 16:33, 05.12.2023.
O'qildi: 3097 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик