Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Richards: "Manchester Siti" qarshi hujumlarni osonlik bilan o‘tkazib yubormoqda"

Richards: "Manchester Siti" qarshi hujumlarni osonlik bilan o‘tkazib yubormoqda"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti"ning sobiq himoyachisi Mayk Richards APLning 14-turidan o‘rin olgan o‘yinda sobiq jamoasi o‘z maydonida "Tottenxem"ni mag‘lub eta olmagani (3:3) haqida gapirdi.

"Manchester Siti"da nimadir noto‘g‘ri ekanligi aniq. Jamoa juda oson qarshi hujumlarni o‘tkazib yuboradi va juda ko‘p individual xatolarga yo‘l qo‘yadi. Uchrashuvlar yakunida hammasi konsentrasiyaga qarab belgilanadi. Muhim daqiqalarda ehtiyotkorlik bilan o‘ynash kerak, ammo negadir "Manchester Siti" buni qilmadi.

"Manchester Siti"da yarim himoya va himoyada "teshiklar" bor. Jamoaviy o‘yinni tashkil qilish yomonlashmoqda. "Shaharliklar" tanazzul davriga kirdilar. "Manchester Siti" himoyada zaif. Ularning raqiblari endi ularga qarshi o‘yinlarda qo‘rqmaydilar", - dedi Richards Sky Sports bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premyer-ligasining 14-turidan so‘ng "Manchester Siti" 30 ochko jamg‘argan va ayni damda uchinchi o‘rinda bormoqda. "Arsenal" 33 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 22:23, 05.12.2023.
O'qildi: 1063 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.