Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese 0-0 Verona
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut

Amerika kubogi-2024 musobaqasiga mezbonlik qiladigan arenalar ro‘yxatini e’lon qilindi

Amerika kubogi-2024 musobaqasiga mezbonlik qiladigan arenalar ro‘yxatini e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Amerika kubogi-2024 rasmiy sayti musobaqaga mezbonlik qiladigan arenalar ro‘yxatini e’lon qildi. Ularning har biri bittadan uchtagacha o‘yinlarga mezbonlik qiladi. Musobaqa 20 iyundan 14 iyulga qadar AQSHda bo‘lib o‘tadi.

Turnir o‘yinlari 14 ta shahardagi 14 ta stadionda o‘tkaziladi. Ularga «Ellidjent Stedium» (Las-Vegas, Nevada), «Ey-Ti-end-Ti Stedium» (Arlington, Texas), «Bank of Amerika Stedium» (Sharlott, Shimoliy Karolina), «Childrens Mersi Park» (Kanzas-Siti, Kanzas), «Eksploriya Stedium» (Orlando, Florida), «GEHA Fild end Errouxed Stedium» (Kanzas-Siti, Missuri), «Xard Rok Stedium» (Mayami-Gardens, Florida), «Livays Stedium» (Santa-Klara, Kaliforniya), «Mersedes-Bens Stedium» (Atlanta, Djordjiya), «Metlayf Stedium» (Ist-Ruterford, Nyu-Djersi), «En-ar-dji Stedium» (Xyuston, Texas), «Kyu-tu Stedium» (Ostin, Texas), «Sou-Fay Stedium» (Inglvud, Kaliforniya) va «Steyt-Farm Stedium» (Glendeyl, shtat Arizona) stadionlari mezbonlik qiladi.

Ochilish o‘yini Atlantada, final esa Mayami Gardensda bo‘lib o‘tadi.

Guruh bosqichi 20 iyundan 2 iyulgacha, chorak final 4-6 iyul kunlari, yarim final 9 va 10 iyul kunlari, uchinchi o‘rin uchun o‘yinlar 13 iyulda va nihoyat final 14 iyulda bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi bahs Yevro-2024 finali bilan bir kunda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:45, 07.12.2023.
O'qildi: 1283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.