Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Og‘ir atletika sportchilariga nisbatan noto‘g‘ri qarashlar barham topdi

Og‘ir atletika sportchilariga nisbatan noto‘g‘ri qarashlar barham topdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ma’lumki, og‘ir atletikachilarga hamisha shubha bilan qarashgan va o‘tmishda ular doping bilan bog‘liq ayrim masalalarga aralashib kelgan.

Biroq, joriy yil 4-17 sentyabr kunlari Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati vaqtida o‘tkazilgan barcha doping sinovlari manfiy natijalar ko‘rsatdi.

Bu shundan dalolat beradiki, og‘ir atletikachilar haqidagi shubhalar hozirgi kunda hech qanday asosga ega emas.

Saudiya Arabistoni poytaxtida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati nafaqat sport, balki Yaqin Sharqdagi sportchilarning xatti-harakatlari ham muvaffaqiyat qozondi, chunki barcha doping-testlar manfiy natija berdi.

Ar-Riyoddagi musobaqada dunyoning 61 davlatidan tashrif buyurgan jami 213 nafar sportchi jiddiy doping nazoratidan o‘tdi va yakunda ularning barchasi topshirgan test natijalari manfiy chiqdi. Ushbu Jahon chempionatida atletlardan 213 ta peshob namunasiga qo‘shimcha ravishda 82 ta qon namunasi (sinovlarning taxminan 40%) to‘plangan.

Saudiyadagi dunyo birinchiligida jami 692 nafar og‘ir atletikachi ishtirok etdi va ularning manfiy doping natijalari Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari oldidan Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi uchun ijobiy ko‘rsatgich bo‘ldi.

Federasiyaning barcha aksildoping tadbirlari mustaqil o‘tkazilishi uchun mas’ul bo‘lgan Xalqaro Test Agentligidan muhim hisobotni olgandan so‘ng, federasiya prezidenti Muhammad Jalood va tashkilot Bosh kotibi Antonio Urso barcha milliy federasiyalarga minnatdorchilik notasini yozishdi.

Bu yangilik XOQning og‘ir atletikani (1896 yildan beri mavjud) 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiada o‘yinlari dasturiga qaytarish haqidagi tarixiy qaroridan ikki hafta o‘tib keldi. Shuni esda tutish kerakki, og‘ir atletika ko‘p yillar davomida qat’iy xalqaro standartlarga muvofiq doping nazoratini o‘tkazmaganlikda, ta’qiqlangan moddalar bilan sportchilarning musobaqalarda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yishda yoki ularga yordam berishda (ko‘p miqdordagi namunalar, soxta siydik namunalarini yashirish va boshqa ko‘plab korrupsion harakatlar) gumon qilinib kelinayotgan edi. Bu Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi og‘ir atletika sport turini 2028 yil Amerika qit’asida o‘tadigan Olimpiya o‘yinlaridan chetlashtirilishiga olib keldi.

Shundan so‘ng Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi ko‘p yillardan buyon birinchi marta XOQ ishonchini qaytarish uchun antidopingga qarshi kurashni birinchi o‘ringa qo‘ydi, ba’zi qoidalarga o‘zgartirishlar kiritdi, musobaqadan tashqari sinovlar ancha qattiqroq bo‘ldi. Ularni buzganlar Olimpiya o‘yinlaridan chetlashtirilishi belgilab qo‘yildi.

Bundan xulosa qilish mumkinki, noto‘g‘ri xatti-harakat qilganlar jazolanadi va bu adolatdan. Bu Los-Anjeles-2028 Olimpiya o‘yinlarida qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘lish nuqtai nazaridan IWF bilan sodir bo‘ldi. Biroq, o‘tmishdagi xatolarini tan olgan va barcha sportchilar uchun belgilangan doping qoidalariga rioya qilish uchun o‘zgartirishlar kiritishga intilayotganlarga imkoniyat berish ham to‘g‘ri.

Federasiyaning bosh maqsadi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan ilgari surilayotgan sog‘lom va toza sportni targ‘ib qilish va bu orqali dunyoning eng nufuzli sport anjumanida yana ishtirok etishdir.

Kiritildi: 15:39, 07.12.2023.
O'qildi: 1055 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.