Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

«MYU» ko‘zlangan maqsad yo‘lida ulardan qutulishi kerak

«MYU» ko‘zlangan maqsad yo‘lida ulardan qutulishi kerak

Baho:
+ | -

Quyida «mankunianliklar»ning xayrlashish vaqti kelgan futbolchilar haqida so‘z yuritamiz.

«Manchester Yunayted» nafaqat Angliyada, balki butun Yevropada eng ko‘p muhokama qilinadigan klublardan biri hisoblanadi. Jeydon Sancho va Antoni bilan bo‘lgan janjal buni kuchaytirib yubordi. «Manchester Yunayted» ba’zi jurnalistlarga bosh murabbiy Erik ten Xagni tanqid qilgani uchun uning matbuot anjumanlarini o‘tkazishni taqiqladi. Lekin yomon natijalar uchun butun jamoa javobgar. Biroq jamoani ortga tortayotgan futbolchilar xususida so‘z yuritamiz.

Markus Reshford

Reshfordning ushbu ro‘yxatga kiritilishi biroz ajablanarli bo‘lishi mumkin. Axir o‘tgan mavsumda faoliyatida ilk bor barcha musobaqalarda 30 ta gol urgan va muxlislar tomonidan jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan o‘sha inson qanday qilib klubdan ketishi mumkin? Bir yil oldin Markus Premyer-ligada atigi 5 ta gol urgan edi, ammo Krishtianu Ronaldu ketganidan keyin Ten Xag undan unumli foydalana oldi.

«Manchester Yunayted» o‘tgan mavsumdagi maqsadlariga ko‘p jihatdan Reshfordning ajoyib o‘yinlari tufayli erishdi, bunga hech qanday shubha yo‘q. Ammo hozirgi mavsumda ham o‘z o‘rnini sezilarli darajada o‘zgartirmadi. Bu Markusning «Yunayted» asosiy jamoasidagi to‘qqizinchi mavsumi va u jismoniy va ruhiy jihatdan har qachongidan ham yomonroq ko‘rinishga ega.

Joriy mavsumda Reshford barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda atigi 2 ta gol urgan. U o‘zining eng pastki nuqtasini «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda namoyish qildi. 60 daqiqada to‘pga bir necha marta tegdi xolos. Bu David De Xea ketganidan keyin «Manchester Yunayted»ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylangan Markusning halokatli o‘yinini ifodalaydi. O‘tgan mavsum uning uchun omadsiz bo‘lgani endi aniqlashdi. Balki «mankunianliklar» «PSJ» uni olmoqchi bo‘lganida o‘ylab ko‘rishi kerakmidi?

Viktor Lindelyof

2017 yilning yozida «Manchester Yunayted» «Benfika»dan Lindelyofni sotib olish uchun 31 million funt to‘lagandi. Biroq, u «Yunayted»ning himoyadagi muammolariga javob bermagani tezda ma’lum bo‘ldi. Shvesiyalik futbolchi «Old Trafford»dagi ilk mavsumlarida asosiy himoyachi bo‘lgan, biroq uning kamchiliklarini e’tiborsiz qoldirish tobora qiyinlashib borayotgani sababli asta-sekin rotasiyaga qo‘l urib borilyapti.

Viktor yaxshi o‘yinchi. Ammo, qoida tariqasida u hujumchilar uchun oson nishon hisoblanadi. Lindelyof yakkama-yakka to‘qnashuvlarda yetarlicha tajovuzkor emas, u tez-tez havodagi duellarda mag‘lub bo‘ladi, uning tezligi va epchilligining yo‘qligi unga juda qimmatga tushadi.

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz o‘z vaqtida Viktorni «juda yumshoq» o‘yinchi deb atagan va bu adolatli izoh. Jismoniy zaifligini hisobga olib, Lindelyof «Yunayted»da ko‘p vaqt o‘tkaza olgani biroz ajablanarli. Ma’lum bo‘lishicha, «mankunianliklar» shvedning kelasi yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirish variantidan foydalanishadi. Ayni shu qarorning o‘ziyoq klubning ayni paytdagi boshqaruv va rivojlanish darajasini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Antoni Marsyal

«Marsyal har 14 yilda bir marta gol uradi va biz uni buning uchun kechiramiz», dedi «Manchester Yunayted»ning afsonaviy sobiq futbolchisi Roy Kin yaqinda. 2021 yil 27 yanvar kuni fransuz oxirgi marta to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. Birmuncha vaqt o‘tgach, u tizzasiga shikast yetkazdi va o‘shandan beri formasiga qaytmadi. 2015 yilda «Monako»dan «MYU»ga katta umidlar bilan kelgan futbolchi uchun bu juda achinarli holat. Marsyalning «Liverpul»ga urgan debyut goli uning «Old Trafford»dagi faoliyatidagi eng esda qolarli lahzasi bo‘lib qolmoqda.

Manchesterdagi 8 yillik faoliyati davomida Marsyal Premyer-ligada bir mavsumda atigi 3 marta 10 dan ortiq gol urdi. Vaqt o‘tishi bilan uning tanasi yuqori darajadagi qat’iy talablarga dosh bera olmasligi aniq bo‘ladi. Fransuzning «Sevilya»ga ijaraga berilgani ham foyda bermadi, chunki ular uni sotib olishga urinishmadi. Agar «Manchester Yunayted» joriy mavsumdan keyin futbolchi bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirish variantini faollashtirsa, aql bovar qilmas qaror bo‘ladi. Shu bilan birga, klub 58 million funt sterlingga tushgan futbolchisini tekinga yo‘qotishni ham istamaydi.

Diogo Dalot

Ishonch bilan aytish mumkinki, Dalot 2018 yilda transfer qilinganidan keyin unga bildirilgan katta umidlarni oqlamadi. Portugaliyalik futbolchi APLdagi ilk mavsumida bor-yo‘g‘i 16ta o‘yin o‘tkazdi, shundan so‘ng ijara asosida «Milan»ga o‘tdi. U «San-Siro»da yetarlicha taassurot qoldirdi va «Old Trafford»da ikkinchi imkoniyatni qo‘lga kiritdi. O‘shandan beri u yaxshi damlarni boshdan kechirdi. Bir muncha vaqt himoyachi Aaron Van-Bissakadan ustun keldi.

Biroq, «Manchester Yunayted» yana bir bor o‘ziga nomuvofiq bo‘lgan futbolchining shartnomasini uzaytirishga shoshildi. May oyida Dalot 2028 yilgacha yangi shartnoma imzoladi va o‘z o‘yinida deyarli darhol orqaga qaytishni boshladi. Van-Bissaka endi tarkibdagi o‘rnini tiklash uchun kurashmoqda. Portugaliyalik himoyada yaxshi variant emas. U xavfli vaziyatlarda to‘pni osongina yo‘qotib qo‘yadi va raqiblariga uni mag‘lub etishiga imkon beradi. 

«Portu»ning sobiq futbolchisi o‘z jamoasining hujumlarini rivojlantirish uchun ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etadi, ammo himoyada u raqib vingerlari uchun oson nishonga aylanadi. Dalotning uzoq muddatli shartnomasini hisobga olsak, «mankunianliklar» uchun xaridor topish qiyin bo‘ladi. Lekin ular hech bo‘lmaganda futbolchiga sarflangan 19 million funt sterlingni qaytarishga harakat qilishlari mumkin. 

Kiritildi: 23:34, 07.12.2023.
O'qildi: 2190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.