Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta 4-1 Borussiya D
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy

Saudiya fondi Levandovski atrofidagilar bilan aloqaga chiqdi

Saudiya fondi Levandovski atrofidagilar bilan aloqaga chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Saudiya Arabistoni suveren jamg‘armasi (PIF) bir necha kun avval «Barselona» hujumchisini sotib olishga jiddiy harakat qildi.

Bu haqda jurnalist Rudi Galleti ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi. Saudiyaliklar yulduz to‘purarni o‘z ligalariga taklif qilish imkoniyatlarini o‘rganmoqda va uning atrofidagilar bilan bog‘langan. 

Xabaringiz bor, Saudiya Arabistonida ko‘plab top-futbolchilar to‘p tepadi, xususan, Krishtianu Ronaldu. Yevropadan ko‘plab yuqori maqomli futbolchilar uchun bu yo‘lni portugal ochib bergan.

Robert Levandovski 35 yoshda. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari polyakni 30 million yevroga baholamoqda.

Agar 2023/2024 yilgi mavsumni oladigan bo‘lsak, Levandovski «Barselona»ning 17 ta o‘yinida 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 10:06, 08.12.2023.
O'qildi: 986 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.