Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

“Manchester Siti”ni kuchsizlantirgan omillar

“Manchester Siti”ni kuchsizlantirgan omillar

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bu mavsumda o‘ziga o‘xshamayapti. Premyer-liga gegemoni hozir hattoki 3 talikka ham kirmaydi. Keling, Gvardioa jamoasi nega bunday o‘yin ko‘rsatayotganini tahlil qilib ko‘ramiz.

O‘tgan mavsumda energiya ko‘p sarflandi

O‘tgan mavsumda "Liverpul" muvaffaqiyatsizlikka uchraganida, qiyin taqvim jamoaga qanday ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rdik. Avvalgi mavsumda "Manchester Siti" bilan ajoyib chempionlik poygasi, "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi finali, "Chelsi"ga qarshi Angliya kubogi va Liga kubogi finallari bo‘lgandi.

"Mersisaydliklar"ning tanazzulga uchrashi bilan solishtirganda, "shaharliklar"ning holati ancha yaxshi. O‘tgan bahorda jamoa finishga oz qolganda "Arsenal"dan chempionlikni tortib oldi, keyin esa mamlakat kubogi finalida "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etdi, Chempionlar ligasida uzoq kutilgan g‘alabaga erishdi.

Oldingi mavsumda butun kuchingizni ishlatib bo‘lganingizdan so‘ng, o‘zingizni kelib olish qiyin bo‘lishi tabiiy jarayon.

Tizimning muhim elementlari yetishmasligi

Birinchi sababning natijasi. Gvardiola va uning o‘yinchilari o‘z manzillariga yetib kelishdi. "Manchester Siti"ning asosiy yarim himoyachilaridan biri bo‘lgan Ilkay Gyundogan erkin agent sifatida "Barselona"ga o‘tdi. Aymerik Laport va Riyod Mahrez Saudiya Arabistonida faoliyatini boshladi. Joau Kanselu ham ketdi - “shaharliklar” usiz hal qiluvchi qadamlarni tashladilar, biroq avvallari portugaliyalik asosiy jamoaning “terminator”i edi.

Kevin De Bryuyne ham yo‘q – belgiyalik futbolchi jiddiy jarohatdan forig‘ bo‘lmoqda va tez orada maydonga qaytmaydi. Yakunda “Siti” qayta qurishga ulgurmadi, yangi kelganlar - Gvardiol, Nunesh, Doku, Kovachich endigina jamoaga jalb qilingan.

Ketish kayfitidagi o‘yinchilar

Shu bilan birga chempionning yo‘qotishlari bundan ham jiddiyroq bo‘lishi mumkin edi. Masalan, Kayl Uoker “Bavariya” bilan muzokara qilib ko‘rdi. 33 yoshli himoyachining shartnomasi tugayotgan edi, u o‘yin amaliyoti miqdoridan norozi edi va myunxenliklar bilan muzokaralar olib bordi. Natijada, "shaharliklar" inglizni saqlab qolishdi, lekin hech kim vaziyat takrorlanmasligiga kafolat bermaydi. Kayl dunyoning eng shiddatli ligasida, shuningdek, uning eng yaxshi jamoalaridan birida yoshi kattaroq himoyachi hisoblanadi. Bu yerda hatto minimal pasayish ham juda muhim.

Shu sababli, Uoker kelasi yozda “Manchester Siti”ni tark etishga qaror qilsa, hech kim ajablanmaydi.

Gvardiola uchun Gyundogandek muhim ijrochi Bernardu Silva ham bu haqda o‘ylay boshladi. Yozda u Saudiya Arabistonidan takliflar oldi. Shayxlar uning moliyaviy ehtiyojlari osonlik bilan qondiradi.

Fenomenal raqobat

Ilgari "Liverpul", "Chelsi", "Tottenxem" "Manchester Siti"ga qarshi raqobat qilardi. "Manchester Yunayted"niku aytmasa ham bo‘ladi.

Endi vaziyat yanada qiziqroq - "Arsenal" "shaharliklar" darajasiga yaqinlashib qoldi. Va agar bir yil oldin u shunchaki turg‘un "Liverpul"ning o‘rnini egallagan bo‘lsa, endi "qizillar" avvalgi pozisiyalariga qaytishdi.

Qolaversa, boshqa jamoalar bilan darajadagi farq qisqarmoqda. Unai Emeri “Aston Villa” bilan jangovar, xavfli jamoa tuzgan. Hozir “sherlar” kuchli uchlikka kirdi, bundan tashqari ular “Manchester Siti”ni mag‘lub etishdi. "Tottenxem" mavsumni yorqin boshladi va davom etishni xohlaydi. "Chelsi" nihoyat katta hajmdagi xariddan so‘ng aniq nimanidir ko‘rsata boshladi, "Nyukasl"da ham jarohatlar bo‘lmasa ular ham jiddiy raqib.

Eng ajablanarlisi shundaki, “Arsenal”, “Liverpul”, “Aston Villa”, “Chelsi” va “Tottenxem” “Siti”ga qarshi o‘yinda yutqazmadi.

Kiritildi: 20:52, 09.12.2023.
O'qildi: 6060 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.