Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Vunderkindlar: Jahon futbolida yangi nom!

Vunderkindlar: Jahon futbolida yangi nom!

Baho:
+ | -

2 dekabr sanasida nihoyasiga yetgan o‘smirlar (U17) o‘rtasidagi JCH chempion va sovrindor jamoalarni aniqlab berish bilan birgalikda, nodir iqtidor sohibini ham kashf etdi.

 U Argentina terma jamoasining yarim himoyachisi Klaudio Echeverridir.

Turnirning chorak finalida Braziliyaga qarshi maydonga tushgan Argentina azaliy raqibini 3:0 hisobida mahv etib, aprel oyida bo‘lib o‘tgan Kopa Amerika musobaqasidagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi. Echeverri esa xet-trikka erishib, nafaqat o‘yin qahramoni bo‘ldi, balki o‘z nomini futbol tarixiga yozib qo‘ydi.

Klaudio - Lionel Messining 2012 yilda amalga oshirgan xet-trikidan keyin «selesao» darvozasini bir o‘yinda 3 marta zabt etgan yagona futbolchi. Barcha yosh toifalardagi jamoalarda bunday to‘purar yo‘q. Agarda faqat rasmiy uchrashuvlarni inobatga oladigan bo‘lsak, Echeverri - 98 yil (!) ichidagi yagona snayper.

O‘yindan keyin OAV olamni boshga ko‘tarishdi: «Yangi Messi», «Real», «Yuventus», «Manchester Siti» uni nazorat qilmoqda». Futbolchining o‘zi esa, «Barsa»da o‘ynashni doimo orzu qilishini e’tirof etish bilan gulxanga moy quydi.

Klaudio Echeverri qaysi jamoada o‘ynash istagi xususida: «River Pleyt»dan tashqari, «Barselona». Men Messining ashaddiy muxlisiman va doimo uning «Barsa»dagi o‘yinlarini tomosha qilganman. Bolalik davrimdan beri men intilgan yagona orzu shu».

Shunga o‘xshash voqealarga duch kelganda, beixtiyor xayolingizdan bir fikr o‘tadi: shov-shuv ko‘tarishni bas qiling. Bitta o‘yindagi muvaffaqiyat uchun shuning o‘zi yetarli. Ertaga g‘oyib bo‘ladi, indinga hamma uni unutadi. Biroq Klaudio voqeasi siz o‘ylaganchalik oddiy emas. U bolalik chog‘idan e’tiborda bo‘lishga odatlangan. Chunki u «Braziliya performansi»dan ancha avval nur socha boshlagan.

Keling, endi yosh futbolchining kelib chiqishi bilan tanishaylik. 

Tuproqli maydonlarda o‘zgacha

Klaudio Argentinaning shimoli-sharqidagi Resistensiya shahrida tug‘ildi. Uning dastlabki klubi - «Deportivo Luyan». Ilk murabbiyi Luis Kuevas 8 yoshli Echeverri bilan tanishuvni quyidagicha xotirlaydi: «Ilk bor u to‘p bilan hammaning boshini aylantirib yurganini ko‘rgach, butunlay o‘zgacha o‘yinchi ekanligiga amin bo‘ldim. Men uchun Klaudio yangi Maradona, yangi Messi maqomida edi. Shaharda uning o‘yiniga guvoh bo‘lganlar ham unga qoyil qolishgandi. U bilan o‘tgan 2 yilni eslasam, zavqlanib ketaman. Endi uni muxlislar televizorda tomosha qilishmoqda. Klaudio to‘pni egallab olganida, xuddi Maradona davridagidek yoki hozirgi Messidek xavfli vaziyatni yuzaga keltirishi aniq».

Mashhurlik va bosim

«River Pleyt»da ham Echeverri soyada qolib ketmadi. Dastlabki balandparvoz olqishlarga esa 11 yoshli chog‘ida erishdi. O‘shanda Clarin gazetasi klubning Venesiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirdagi ishtirokini to‘liq yoritgandi: Klaudio «Yuventus»ga qarshi bellashuvda pokerga erishgan va musobaqani 6ta o‘yinda 9ta gol urish bilan yakunlagan, «River» esa «Atletiko», Ayaks», «Chelsi» va zikr etilgan «Yuve»dek grandlar orasida yorqin o‘yinlari bilan ajralib turgandi. Echeverri hatto turnirdagi yakuniy 3-o‘rindan norozi ekanligini yashirib o‘tirmadi - turnirni g‘olib sifatida yakunlashni istagandi.

Shu tariqa resistensiyalik bolakay yoshlar futbolidagi faoliyatini boshlamay turib mashhurlikka erishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning obunachilari soni 300 mingdan oshib ketdi. O‘sha davrdayoq Klaudioga yuksak ishonch bildirgan muxlislar uning past bo‘yi, aql bovar qilmaydigan darajadagi driblingi va yuqori tezligini inobatga olgan holda «iblischa» taxallusi bilan siylashgandi. Bir paytlar boliviyalik afsona - Marko Antonio Etcheverri shu laqab sohibi edi.

Lekin barvaqt kelgan mashhurlikning o‘ziga yarasha salvari ham bo‘ladi. Bu bosim. Echeverri ana shu bosim bilan yoshligidan kurashishga majbur bo‘ldi. Bu borada futbolchi ilk marta Kopa Amerika U17 turnirining start uchrashuvidagi gol va 3ta assistdan keyin og‘iz ochgandi: «Men juda xotirjamman. Kecha oila a’zolarim bilan shu xususda gaplashdim. Chunki yosh bo‘lganim sababli ulkan bosimni his etaman. To‘g‘ri, ba’zan toliqib qolgandek bo‘laman, lekin ko‘nikishga harakat qilyapman».     

Dastlabki sinov - Kopa Amerika U-17

Klaudio Echeverri hayotidagi yangi bosqich. 17 yoshlilar o‘rtasidagi mazkur musobaqa nafaqat jiddiy sinov, balki Venesiyadagi turnirdan boshlab uni kuzatayotganlarga o‘z salohiyatini isbotlash imkoniyati edi. Sardorlik bog‘ichiga loyiq ko‘rilgani esa qo‘shimcha ishonch belgisi bo‘ldi. Turnir nihoyasida Iblischa deyarli barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha g‘olib chiqdi:

*** Eng yaxshi to‘purar - 5ta gol;

*** «Gol+pas tizimida yetakchi - 8 ball;

*** Zarbalar soni bo‘yicha yetakchi - 28 zarba;

*** Vaziyatlar yaratish bo‘yicha yetakchi - 7ta;

*** Samarali hujumkor harakatlar bo‘yicha yetakchi - 8,23;

*** Uzatmalarning samaradorligi bo‘yicha 2-natija - 93 foiz.

Klaudio xalqaro arenaga chiqdi. Kopa Amerika turniridan keyin Echeverriga bo‘lgan qiziqish kuchayib ketdi: «Real», keyinroq «Yuve»ga oid ma’lumotlar chop etildi. Aynan shu musobaqa 2 oydan keyin Klaudioga «River Pleyt»ning asosiy tarkibida maydonga tushish va debyutni samarali uzatma bilan nishonlash imkoniyatini berdi. Bundan tashqari, yosh iqtidorni Lionel Skaloni milliy terma jamoaga jalb etdi. Nihoyat, u Messi bilan yonmayon to‘p surish baxtiga erishdi.

«Revanshni JCHda olamiz»

Ekvador mezbonligida o‘tgan Kopadagi yagona og‘riq Braziliya edi. Argentina hal qiluvchi bahsda 2:3 hisobida imkoniyatni boy derdi. O‘sha alamli mag‘lubiyatdan keyin Echeverri U17 mundialida qasos olishga va’da bergandi.

Xuddi milliy terma jamoa kabi yosh argentinaliklar ham Qatardagi musobaqani 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshladilar. Biroq keyin ularni to‘xtatishning iloji bo‘lmay qoldi: Yaponiya 3:1, Polsha 4:0, 1/8 finalda Venesuela 5:0 hisoblarida mahv etildi. Shundan keyin taqdir taqozosi bilan chorak finalda Klaudio Braziliya darvozasiga javobsiz 3ta gol urib, va’dani bajardi.

Tabiiyki, hozir bir yildan keyin amaldagi shartnomasi nihoyasiga yetadigan «Iblischa» uchun kurash avjida. Futbolchining o‘zi esa g‘oyat baxtiyor. Unga shunchaki, to‘p berishsa, bo‘ldi!

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:52, 11.12.2023.
O'qildi: 1755 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.