Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

Turkiya Superligasining eng qimmatbaho futbolchilari

Turkiya Superligasining eng qimmatbaho futbolchilari

Baho:
+ | -

Turkiya Superligasi hozirda bir qancha yulduzlarga ega chempionat hisoblanadi. Va sobiq «Manchester Yunayted», «PSJ» va «Tottenxem» yulduzlari liganing eng qimmat 10 futbolchisi qatoriga kiradi.

«Galatasaroy», «Fenerbaxche» va «Beshiktosh» kabi klub egalari yozda o‘z jamoalariga katta sarmoya kiritishdi va bu yil liga jiddiy raqobatbardosh ko‘rinmoqda. Planetfootball.com sayti «Transfermarkt» ma’lumotlaridan foydalangan holda liganing eng qimmat 10 nafar futbolchisini havola etdi.

10.Sacha Boey - 14,6 mln. funt sterling

Fransiyalik futbolchiga Premyer-ligadan «Manchester Yunayted» va «Arsenal» kabi klublar qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo u «Galatasaroy»ni tanladi va ilk mavsumdanoq o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. 23 yoshli futbolchining shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan va uning narxi 14 million funt sterling­dan sal ko‘proq baholanmoqda, ammo «Galatasaroy» uning xizmatlari uchun 22 million funt sterling talab qilayotgani aytilmoqda.

9.Jedson Fernandes - 14,6

Jedson 2019-20 yilgi mavsumda «Tottenxem»da ijarada o‘ynaganida o‘zini ko‘rsata olmagan bo‘lsa-da, o‘tgan yili «Beshiktosh»ga o‘tganidan keyin u o‘zini ancha tanita oldi. Turk klubi safida 55 o‘yinda Fernandes 14ta gol kiritdi va o‘zini Premyer-liga darajasida tutmoqda.

8.Sebastyan Shimanski - 15,5

Polshalik pleymeyker 13 uchrashuvda 10ta gol kiritib, yangi mavsumni sermahsul boshladi. «Fenerbaxche» ligada peshqadamlik qilmoqda va Shimanski chempion bo‘lish imkoniyatlarida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. «Fenerbaxche»ga yozda qo‘shilgan Shimanski 2027 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnomaga ega va u 15,5 million funt sterlingga baholanmoqda.

7.Viktor Nelsson - 16,4

Daniya markaziy yarim himoyachisi klubdagi dastlabki ikki mavsumida «Galatasaroy»ning asosiy tarkibidan doimiy ravishda o‘rin oldi. Biroq, u Davinson Sanchesning kelishidan so‘ng, birmuncha raqobatga kirishishga to‘g‘ri keldi. Qizig‘i shundaki, yozda «Tottenxem» 25 yoshli futbolchi bilan jiddiy bog‘langan edi, ammo klub uning o‘rniga Miki van de Venni qo‘lga kiritishni afzal ko‘rishdi. Nelssonning kelajagi haqidagi mish-mishlar o‘shandan beri davom etmoqda va u 2024 yilda u jamoasini almashtirishi mumkin.

6.Fred - 17,2

«Old Trafford»da besh yil o‘ynagach, Fred yozda yangi chaqiruvni oldi va «Fenerbaxche»ga o‘tishni tanladi. «Yunayted» braziliyalik uchun 13 million funt sterling oldi, bu uning qiymatidan biroz kamroq. «Men bu buyuk klubda ekanligimdan juda xursandman. Men go‘zal mamlakatdaman. Hammasi yaxshi ketmoqda. Kayfiyatim yaxshi. Hamma meni eng yaxshi tarzda kutib oldi», - dedi Fred Turkiyaga kelganida.

5.CHengiz Under - 17,2

«Fenerbaxche» yozda turkiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolagan va uning xizmatlari uchun 12,9 million funt to‘lagan edi. 26 yoshli futbolchi jarohat tufayli mavsumning katta qismini o‘tkazib yubordi, ammo u endi avvalgi darajasiga qaytishga intilmoqda.

4.Mauro Ikardi - 17,2

Turk futbolida Ikardining avvalgi darajasiga qaytishi go‘zal manzara bo‘ldi. Argentinalik futbolchi «PSJ»da o‘ynab yurgan vaqtlarda ko‘pincha soyada qolib ketardi, ammo xayriyatki, «Galatasaroy» uni o‘z yo‘liga qaytardi. Ikardi o‘tgan mavsumni turk klubida ijara asosida o‘tkazdi va chempionatda bor-yo‘g‘i 24 o‘yinda maydonga tushib, 22ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U bu mavsumda ham xuddi shunday sermahsul o‘ynamoqda, garchi u vaqti-vaqti bilan qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsa ham.

3.Uilfrid Zaxa - 17,2

«Galatasaroy» yozning arzon shartnomalaridan biriga erishdi, chunki ular Zaxani tekinga sotib oldilar. 31 yoshli futbolchi o‘zining yangi klubida ham barcha musobaqalarda oltita gol va ikkita golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Yozda «Kristal Pelas» rahbari Stiv Perish Zaxani jamoadan ketganida klubning eng buyuk futbolchisi deb ta’rifladi: «Uilfrid Zaxa bizning eng yaxshi va eng nufuzli o‘yinchimiz bo‘lganligi sababli klubni tark etadi. Uning qolishini qanchalik xohlardik, uzoq muhokamalardan so‘ng u o‘z karerasining oxirigacha o‘zini yangi klubda sinab ko‘rishini ta’kidladi va biz uning qarorini hurmat qilamiz».

2.TanguY Ndombele - 18,0

«Tottenxem» muxlislari Ndombelening nimalarga qodir ekanligini ko‘rishdi, ammo fransiyalik futbolchi London shimolida oxir-oqibat asosiy tarkibdan joy ololmadi. 26 yoshli futbolchi so‘nggi uch mavsumni ijara asosida o‘tkazdi, uning so‘nggi ijara harakati «Galatasaroy»da bo‘ldi. Turk klubi Ndombeleni taxminan 13 million funt sterlingga sotib olish imkoniyatiga ega, ammo ular bu variantni qo‘llaydimi yoki yo‘qmi, hali vaqt ko‘rsatadi.

1.Tete - 20,7

Braziliyalik vinger yozda «Galatasaroy» bilan to‘rt yillik shartnoma tuzdi va endi u liganing eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Tete o‘tgan mavsum Liga 1da har 139 daqiqada o‘rtacha 1ta gol urgan. «Galatasaroy» muxlislari braziliyalikning eng zo‘r o‘yinlarini hali ko‘rishga ulgurmadi, ammo futbolchi o‘zining nimalarga qodir ekanligini isbotlashga harakat qiladi.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:58, 11.12.2023.
O'qildi: 1492 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.