«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Ouen Xargrivz «mankunianliklar»ga «Bornmut» hujumchisi Dominik Solanke bilan shartnoma imzolashni maslahat berdi.
«Men bu futbolchini «Manchester Yunayted»ga olib kelgan bo‘lardim. O‘ylaymanki, endi u o‘zini yuqori saviyada ko‘rsata oladi.
«Manchester Yunayted»mi yoki boshqa klubmi farqi yo‘q. Ishonchim komilki, Dominik hali ham cho‘qqiga ko‘tarilish imkoniyatiga ega bo‘ladi», - dedi Xargrivz.