Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turi doirasidagi o‘yinda «Milan» safarda Angliyaning «Nyukasl» klubini 2:1 hisobida taslim etdi.
Hisob yuqoriroq bo‘lishi mumkin edi, lekin Leau yaqqol gol urish imkoniyatidan foydalana olmadi, darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, darvoza ustuniga zarba berdi. Italiya klubi himoyachisi Alessandro Florensi uning xatosi uchun Leauni qoraladi.
«U biz uchun qanchalik muhim ekanini hammamiz bilamiz, ammo bugun u ikki marta gol urib, uchrashuvni yakunlashi kerak edi.
Unga o‘xshagan futbolchi bunday vaziyatlarda xatoga yo‘l qo‘ymasligi kerak», - deya Florensining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.