Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Konferensiyalar ligasi. Pley-off bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Konferensiyalar ligasi. Pley-off bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Baho:
+ | -

UYEFA Konferensiyalar ligasi musobaqasida guruh bosqichi yakunlandi.

Guruh bosqichida peshqadamlikni qo‘lga kiritgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak final bosqichiga yo‘l olishgan bo‘lsa, qolgan 8ta klub 1/16 final deb nomlangan o‘tish bahslarida ishtirok etishadi.

Guruhda 2-o‘rinni egallaganlar bu bosqichda Yevropa ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni egallagan klublar bilan to‘qnash kelishadi.

Qachon?
Qur’a tashlash marosimi 18 dekabr, dushanba kuni UYEFA qarorgohi joylashgan Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.

Ishtirokchi-jamoalar
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, qur’ada 16ta jamoa ishtirok etadi. Konferensiyalar ligasi guruh bosqichida 2-o‘rinni egallaganlar 1-savatchadan, Yevropa ligasidan o‘tgan klublar esa 2-savatchadan o‘rin olishadi.

1-savatcha:
"Ayntraxt" (Germaniya)
"Bude-Glimt" (Norvegiya)
"Dinamo" Zagreb (Xorvatiya)
"Gent" (Belgiya)
"Legiya" (Polsha)
"Ludogores" (Bolgariya)
"Slovan" Bratislava (Slovakiya)
"Ferensvarosh" (Vengriya)

2-savatcha:
"Ayaks" (Niderlandiya)
"Betis" (Ispaniya)
"Makkabi" Xayfa (Isroil)
"Molde" (Norvegiya)
"Olimpiakos" (Gresiya)
"Servett" (Shveysariya)
"Shturm" (Avstriya)
"Yunion" (Belgiya)

Cheklovlar bormi?
Ha. Bir mamlakat vakillari ushbu bosqichda o‘zaro to‘qnash kelishmaydi.

Nechta o‘yin?
1/16 final bosqichida jamoalar uy va safar tizimida ikki martadan to‘qnash kelishadi. 1-savatcha vakillari javob bahsini o‘z uylarida o‘tkazishadi. Pley-off bosqichida "safarda urilgan gol" qoidasi amalda bo‘lmaydi.

O‘yinlar qachon o‘tkaziladi?
Dastlabki uchrashuvlar 15 fevral, javob bahslari esa 22 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Keyin-chi?
Ushbu bosqich g‘oliblari nimchorak finalga yo‘l oladi va Konferensiyalar ligasi guruh bosqichida 1-o‘rinni egallaganlar safiga qo‘shiladi. Mag‘lub bo‘lganlar musobaqani tark etishadi. 1/8 finalga qur’a tashlash marosimi 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:11, 15.12.2023.
O'qildi: 1443 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик