Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Superligaga qaytgan «Dinamo» direktorni o‘zgartirdi

Superligaga qaytgan «Dinamo» direktorni o‘zgartirdi

Baho:
+ | -

Bugun, 15 dekabr kuni «Dinamo» PFK qarorgohida yig‘ilish o‘tkazilib, unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov, viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Ro‘ziyev va mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda jamoa a’zolari ishtirok etgan yig‘ilishda «Dinamo» klubining 2023 yilgi mavsumni muvaffaqiyatli yakunlagani e’tirof etilib, 2023 yilgi mavsumda jamoadan samarqandlik muxlislarning umid katta ekani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda so‘nggi uch yil davomida «Dinamo» PFK bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Uchqun Qobilov «Pro» lisenziyasi uchun o‘qishi sababli o‘z arizasiga ko‘ra, lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi. Uning o‘rniga klub homiysi hamda viloyat rahbariyati taklifi bilan Dilshod Sharofutdinov «Dinamo» PFK bosh direktori sifatida rasman tanishtirildi.

38 yoshli mutaxassis o‘z vaqtida «Dinamo», «Paxtakor», «Navbahor» klublari sharafini munosib himoya qilib, so‘nggi yillarda jamoada yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Yig‘ilish yakunida viloyat rahbariyati va klub homiylari Dilshod Sharofutdinovga katta mas’uliyat yuklanganini ma’lum qilib, Samarqand futbolini birgalikda yangi darajaga olib chiqish, klub bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan hamjihatlikda yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rishni tashkil etish yo‘lida omad tilab qolishdi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 21:05, 15.12.2023.
O'qildi: 1077 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик