Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 03:00 Panama 2-1 AQSh
28/06 06:00 Urugvay 5-0 Boliviya
28/06 20:00 So‘g‘diyona 4-2 Dinamo
28/06 20:00 Qizilqum 1-0 OKMK
29/06 03:00 Kolumbiya 3-0 Kosta-Rika
29/06 06:00 Paragvay 1-4 Braziliya
29/06 21:00 Shveysariya - Italiya
30/06 00:00 Germaniya - Daniya
30/06 05:00 Kanada - Chili
30/06 05:00 Argentina - Peru
30/06 21:00 Angliya - Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya - Gruziya

Yevropani Osiyoga almashgan yulduzlar

Yevropani Osiyoga almashgan yulduzlar

Baho:
+ | -

Futbolchi Yevropaning top klublarini tark etib, Osiyoga uchun ketganida, ular o‘z qarorlarini bir qancha sabablarga ko‘ra asoslab berishi mumkin, ammo bu harakat asosan pul bilan bog‘liq bo‘ladi.

O‘zining eng yuqori cho‘qqisidan o‘tgan yulduzlar ko‘pincha Amerika yoki Xitoyda Devid Bekxem, Frenk Lempard, Patrik Viyeyra va boshqalar kabi kareralarini yakunlab qo‘yishadi.

Biroq, o‘zining «pisk» davriga chiqqan o‘yinchi katta pul evaziga boshqa klublarni tanlashi ko‘pgina hollarda o‘zini oqlamagan.

O‘yinchilarning bunday qarorga kelishi uchun shaxsiy sabablari bo‘lishi mumkin va ba’zilari keyinroq afsuslanishgan ham. Biz potensiali yuqori bo‘lgan paytda Yevropani tark etgan ba’zi futbolchilarni e’tiboringizga havola etamiz.

Ruben Nevesh

Nevesh 2023 yilning yozida «Vulverxempton»dagi ko‘zni qamashtiruvchi mavsumlardan so‘ng Chempionlar ligasida o‘ynaydigan klubga qo‘shilishi kutilgan edi, ammo ko‘pchilikning hafsalasi pir bo‘lgan holda Saudiya Pro-ligasi va «Al-Hilol»ga qo‘shilishga qaror qildi.

Ruben Neves Uutiset | Valioliiga.com

Keyinchalik u Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish qisman pulga bog‘liqligini, balki dunyoning boshqa qismida o‘yinni rivojlantirish imkoniyatini tan oldi. "Tumanli albion"ni tark etganidan beri Nevesh Saudiya Arabistoniga qarashli «Nyukasl»ga o‘tishi mumkinligi aytilmoqda.

Gabriyel Veyga

"Selta Vigo"dagi ajoyib harakatlaridan so‘ng, Veyga Yevropaning ko‘plab top klublarining transfer ro‘yxatida edi - ammo yarim himoyachi «Al-Ahli»ga o‘tib, barchani hayratda qoldirdi.

Perbandingan Gaji Gabri Veiga di Al Ahli dan Celta Vigo: Bisa Naik 10 Kali  Lipat

"Men Saudiya Arabistoniga faqat pul uchun kelganim yo‘q. Maqsadim ligani raqobatdosh chempionatga aylantirish va men bu qarorimdan 100 foiz mamnunman", dedi 21 yoshli futbolchi.

Oskar

Bir paytlar «Chelsi» o‘zining yorqin o‘yinlari bilan nom qozongan futbolchi Yevropa top klublarida tushgan takliglarni va 2016 yilda Oskar Yevropani butunlay tark etib, “Shanxay SIPG”ga 52 million funt sterlingga ko‘chib o‘tdi.

Oscar voudrait retourner à Chelsea | Goal.com Français

Ko‘chib o‘tgan vaqtda atigi 25 yoshda bo‘lgan Oskar o‘z qarorini va narxini biroz oqladi, mavsumning jamoasi bilan ligada g‘olib chiqdi.

"Har bir futbolchi yoki ishlaydigan har bir kishi o‘z oilasiga yordam berish uchun pul ishlashni xohlaydi", - dedi Oskar.

Oscar: 'I would like to return to Chelsea to end my career' | Chelsea | The  Guardian

Bugunga kelib Oskar 30 yoshda va unga «Barselona» qiziqish bildirmoqda.

Sedrik Bakambu

Bir paytlar La Ligadagi eng sermahsul hujumchilardan biri bo‘lgan Bakambu 2018 yilning yanvarida 38 million funt sterling evaziga «Vilyarreal»dan "Beyjing Guoan"ga o‘tganida, eng qimmat afrikalik futbolchiga aylangan edi.

Bakambu stanet odnim iz samix visokooplachivayemix igrokov mira ⊕ Novosti  futbola na M.footballhd.ru

Kongolik forvard Ispaniyada mashhur huju,chi bo‘lgan va «Vilyarreal»ni to‘rtinchi o‘rinni qayd etgan hamda Yevropa Ligasi yarim finaliga olib chiqishga o‘zining hissasini qo‘shgan.

«Vilyarreal» 26 yoshli futbolchini sotib yuborgan holda, shuncha katta miqdorda pul olganiga qaramay, u ketganidan so‘ng mavsumda quyi ligaga tushib qolishdan arang qutulib qoldi, ammo Bakambu Xitoyda muvaffaqiyat qozondi.

Sedrik Bakambu pochti pereshel v Barselonu, ot nego otkazalis po doroge -  Novosti futbola | Futbol Segodnya

U Pekin klubi safida 87 ta o‘yinda 58 ta gol urdi va 2022 yilning yanvarida «Marsel» tarkibiga ko‘chob o‘tdi va Yevropaga qaytdi. Hozir 30 yoshda bo‘lsada, uning eng sehmahsul darajasini yo‘qotdi.

Aksel Visel

Belgiyalik yarim himoyachi «Zenit»dagi ajoyib o‘yinlaridan so‘ng, Yevropaning top klublariga o‘tishi taxmin qilingan edi.

Ammo u 2017 yil 27 yoshida 17 million yevro evaziga Xitoyning "Tianjin Kuanjian" klubiga ko‘chib o‘tdi.

Axel Witsel đến Trung Quốc hưởng lương 18 triệu euro/năm

Aksel Xitoyda uncha ko‘p o‘ynamadi va 2018 yil Yevropaga qaytdi. U o‘sha yili Dortmundning «Borussiya»si bilan shartnoma imzoladi. Ayni vaqtda esa futbolchi "Atletiko Madrid"da faoliyatini davom ettirmoqda.

Yannik Karrasko

2018 yil fevral oyida Yannik Karrasko 28 million funt sterling evaziga "Atletiko Madrid" "Dalian Yifang"ga o‘tgan transferi kutilmagan tus oldi. Chunki u Madrid klubi safida yetakchilar qatorida edi. Birdaniga bunday qaror qabul qilishini hech kim kutmagandi.

Dalian Yifang Tegaskan Yannick Carrasco Tidak Dijual | Liga Olahraga

Qanot yarim himoyachisi Xitoyda ikki yildan kamroq vaqt o‘ynadi, keyin 2020 yilning yanvarida ijara asosida «Atletiko»ga qaytdi, keyinchalik u 25 million funt sterlingga doimiy ravishda transfer qilindi.

Here we go! Romano: Yannick Ferreira Carrasco to Al Shabab, on fee close to  €15m| All Football

Futbolchi eski jamoasiga qaytishi bilan-oq, 2021 yilda "Atletiko Madrid" bilan La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Yannik 2023 yilgi yozgi transferlar oynasi vaqtida Saudiyaning "Al Shabab" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Aleks Teysheyra

2016 yilning yanvarida Aleks Teysheyra «Liverpul»da Yurgen Kloppning birinchi xaridlaridan biriga aylanishi mumkin edi.

Liverpool fail to agree fee with Shakhtar Donetsk for Alex Teixeira |  Football News | Sky Sports

Doneskning «Shaxtyor» klubi yulduzi, braziliyalik futbolchi Mersisayd jamoasiga o‘tishga qattiq ishongan edi, ammo "Jiangsu Suning" yuqoriroq taklif bilan keldi va u Yevropani 45 million funt sterlingga tark etdi.

Qanot himoyachisi «Jiangsu»da yaxshi o‘ynadi va 150 o‘yinda 72 ta gol urdi va 2021 yilning yanvarida moliyaviy muammolarga duch kelganidan keyin klubni tekinga tark etdi.

Alex Teixeira ends Chinese naturalisation bid as the Brazilian joins Al  Hilal on a two-year contract, report says | South China Morning Post

Endilikda u "Vasko de Gama" tarkibida faoliyat olib bormoqda. Agar u o‘sha vaqtda «Liverpul»ga o‘tganida anchagina martabaga erishardi.

Manba: Planetfootbal.com
Kiritildi: 07:20, 16.12.2023.
O'qildi: 1959 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.