Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

De Bryuyne: "Dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishni xohlayman"

De Bryuyne: "Dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishni xohlayman"

Baho:
+ | -

Kevin De Bryuyne maydonga qaytganidan keyin nimaga intilishini tushuntirdi.

"Manchester Siti" yarim himoyachisi jarohati sabab 11 avgustdan beri maydonga tushmayapti.

"Men eng yaxshi bo‘lishni xohlayman. Bu o‘zgarmadi. Men eng yaxshi jamoada bo‘lishni, dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishni xohlayman. Menda hali ham motivasiya bor.

To‘rt oyni o‘tkazib yuborganimdan keyin ham, men ilgari qilgan ishimni qilishim uchun o‘yin rejamni o‘zgartirish yo‘llarini topishga harakat qildim. Ishonchim komilki, maydonga qaytishim bilanoq o‘zimni yaxshi his qilaman. Umid qilamanki, yaxshi futbol o‘ynashda davom eta olaman", - dedi De Bryuyne.

Kevin "Manchester Siti" bilan Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga boradi. Shunga qaramay, uning yanvar oyining o‘rtalariga qadar maydonga qaytishi kutilmaydi.

Kiritildi: 18:09, 16.12.2023.
O'qildi: 953 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик