Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Saloh saudiyaliklarning asosiy transfer maqsadiga aylandi

Saloh saudiyaliklarning asosiy transfer maqsadiga aylandi

Baho:
+ | -

Muhammad Saloh mavsum so‘ngida Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin.

"Al-Ittihod" o‘tgan yozda "Liverpul" vingerini sotib olishga urinib ko‘rdi. Saudiya klubi 200 million funt sterling to‘lashga tayyorligi, biroq transfer amalga oshmagani xabar qilingandi.

Saloh kelasi yozda saudiyaliklarning asosiy transfer maqsadi bo‘ladi, chunki ular futbolchini qo‘lga kiritish uchun yangi urinishlar qilmoqda, deb xabar beradi Daily Mail. Qayd etilishicha, kelasi yili Yaqin Sharq klublari yangi kelganlar uchun kamroq pul sarflashni boshlaydi, biroq Muhammadning ishi bundan mustasno sifatida qaralmoqda.

31 yoshli futbolchi liga uchun "An-Nasr"ga o‘tgan Krishtianu Ronaldudan ham muhimroq transfer maqsadi hisoblanadi, chunki misrlik o‘z faoliyatining cho‘qqisida qolmoqda va arab dunyosida juda mashhur.

Joriy mavsumda Saloh APLda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 00:52, 17.12.2023.
O'qildi: 1652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик