Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

"MYU" bilan tez orada xayrlashishi kutilayotgan besh futbolchi

"MYU" bilan tez orada xayrlashishi kutilayotgan besh futbolchi

Baho:
+ | -

Bundan atigi ikki hafta oldin "Manchester Yunayted" Angliyadagi eng yaxshi sport formasiga ega klub bo‘lib turgan edi. Afsuski, hayot baland va pastlardan iborat. Futbolda esa doimo barqaror bo‘lishning iloji yo‘q. Hozirda "qizil iblislar" juda murakkab ahvolda qolgan. Jamoa YECHL bilan birgalikda yevrokuboklarda qatnashishdan ham mosuvo bo‘ldi. APLdagi natijalar esa qoniqarli emas. Ser Jim Retkliffning "MYU" aksiyasining bir qismini sotib olishi cho‘zilmoqda. Bu holat, o‘z navbatida klub ichidagi beqarorlikning tugatilishini qiyinlashtiradi. Shunday vaziyatda bir qancha futbolchilar bilan xayrlashilishi mumkin. Quyida yanvarda ketishi mumkin bo‘lgan nomzodlarga nazar solamiz.

Kazemiro

Kazemironing kelajagi "Old Trafford"dan uzoqda ekani va buni braziliyalikning o‘zi ham bilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Bu gap rostga o‘xshab ko‘rinmoqda. Futbolchining o‘zi ham yanvarda yangi jamoaga o‘tish taraddudiga tushib qolgan. Unga Saudiya Arabistoni klublari va "PSJ" qiziqish bildirmoqda. Kazemiro kelayotgan fevral oyida 32 ga to‘ladi. Shu sabab uni sotish, unchalik ham yomon g‘oya emas, aslida. Ammo unga to‘langan 60 million funtni qoplash imkonsiz bo‘ladi.

Rafael Varan

"Real" o‘z tarkibini yangilab, yoshartirib oldi. Bunda madridliklarga "MYU" yordam berib yubordi. Negaki, "Real" yoshi o‘tayotgan yulduzlarini aynan mankunianliklarga, katta summa evaziga sotgandi. Varan esa ulardan biri. U 2021 yilda "MYU"ga kelgandi. O‘tgan mavsum fransuz uchun yaxshi o‘tganiga qaramay, hozirda ten Xag Varandan juda ham kam hollarda foydalanmoqda. Varanning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi. Uning uzoq muddatlik kelajagi esa noma’lum bo‘lib turibdi. "MYU" uni yanvarda sotish orqali qanchadir foyda ko‘rishga intilishi aniq.

Jeydon Sancho

Uch oydirki, Sancho "MYU" safida maydonga tushgani yo‘q. Futbolchining o‘zi ham bunga rozi. Erik ten Xag esa haliyam undan kechirim kutmoqda. Har ikki tomon o‘zicha haq. Bu holatda, odatga ko‘ra, futbolchi jamoadan ketadi. Sanchoga "Borussiya Dortmund"dan takliflar bor. 23 yoshli vinger eski jamoasiga qaytib, oldinga darajasini qaytarishga harakat qilib ko‘radi. Nomzodlar ichida aynan Sanchoning ketish ehtimoli juda baland.

Antoni Marsyal

Agarda Marsyal keyingi mavsum ham "MYU" libosida harakat qilsa, bu narsa hammani hayratga solishi aniq. Ammo bunday bo‘lmaydi. Negaki, rahbariyat bu borada bir qarorga kelgan: Marsyalning shartnomasi uzaytirilmaydi. 2024 yilda erkin agentga aylanishi kutilayotgan hujumchini shu qishning o‘zida sotib yuborish eng yaxshi yechim bo‘ladi. Marsyal 2019/20 yilgi mavsumda fantastik darajaga chiqqan edi. Hozir uning foydasidan ko‘ra, zarar ko‘proq tegmoqda (moliyaviy tomondan).

Donni van de Bek

Ko‘plab sabablar bilan van de Bekning "Old Trafford"dagi davri omadsiz kechmoqda. Yarim himoyachi Erik ten Xagning 2019 yilda YECHL yarim finaliga chiqqan jamoasida juda muhim figura edi. Afsuski, van de Bek o‘sha darajasini ushlab qola olmadi. Yanvardagi transferlar oynasida 26 yoshli futbolchi "Ayntraxt" safiga ijara asosida yuborilishi kutilmoqda.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 10:52, 18.12.2023.
O'qildi: 4643 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик