Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna

Ishsiz yurgan top-murabbiylar: ular ichida APL va YECHL g‘oliblari bor

Ishsiz yurgan top-murabbiylar: ular ichida APL va YECHL g‘oliblari bor

Baho:
+ | -

Garchand havo sovuq bo‘lsada, APL harorati doimo qaynoq bo‘lgan. Negaki, biz beqaror natijalar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan Rojdestvo-YAngi Yil arafasida turibmiz. Boxing Day arafasida o‘yinlar ko‘p bo‘ladi. Shu sababli, kuchli bosim bilan jamoalarda murabbiylar ko‘p almashadi. Shuni inobatga olgan holda, APL klublari egalari uchun bir nechta variantlar taqdim etamiz.

Grem Potter

Potter shu yilning aprel oyida "Chelsi" tomonidan iste’foga chiqarilgan edi. Negaki, uning qo‘l-ostida jamoa yangi-yangi antirekordlar qayd eta boshlaydi. Shunga qaramay, Potter o‘z darajasini "Brayton"dagi ishi bilan isbotlay olgan. Hatto, u "Chelsi"dan ketganidan keyin ham klub natijalari, aytarli yaxshilangani yo‘q. Shunday ekan, Potterning u yerdagi ishini juda yomon deb ham baholab bo‘lmaydi.

Antonio Konte

Konte "Tottenxem" bilan mart oyida o‘ta ayanchli holda xayrlashadi. Italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida klub rahbariyatini o‘ta ochiq va keskin tanqidga olgandi. O‘shandan buyon Konte ishsiz yuribdi. U himoyaviy uslubi bilan APL, Italita va Yevropada o‘z darajasini ko‘rsatib qo‘ya olgan. Shuning uchun Kontega xaridorlar ko‘p bo‘ladi.

Andre Villash-Boash

"Tottenxem" va "Chelsi" muxlislari Villash-Boashni juda yaxshi eslashadi. U Angliyada o‘ta omadsiz davrni boshidan o‘tkazgan. Shunga qaramay, portugaliyalikning "Marsel"dagi faoliyati ancha yaxshi kechdi. Xususan, Villash-Boash davrida jamoa 6 yil ichida ilk bor YECHLga chiqib, "PSJ"ni mag‘lubiyatga uchrata olgandi. U 2021 yilda "Marsel"ni tark etganidan keyin, yangi loyihalarda ishtirok etmadi.

Yoaxim Lyov

Lyov 2021 yildan beri ishsiz yuribdi. Nemis mutaxassisi Germaniya terma jamoasini 15 yil boshqargandi. Bu orada Lyov mundialda zafar quchdi (2014). 2017 yilda Germaniya Lyov bilan Konfederasiyalar kubogini ham qo‘lga kiritadi.

Ole Gunar Sulsher

Sulsher 2021 yilning oxirlarida jamoadan ketgan edi. Undan oldingi mavsumdagi ligada ikkinchi o‘rin va YELning finaliga chiqish, rahbariyatga yetarli bo‘lmadi. Negaki, 2021/22 yilgi mavsumda "MYU" o‘ta og‘ir ahvolga tushib qoladi. Balki, Sulsherning qadriga yetishmagandir. Nima bo‘lgan taqdirda ham, Sulsher yana Angliyaga qaytadi.

Xansi Flik

Flik o‘z faoliyati davomida juda qisqa murabbiylik davrini boshidan o‘tkazgan. Uning "Bavariya"si 2020 yilda trebl qayd etadi. Bu narsa klub tarixida ikkinchi bor yuz bergan edi. Flik darrov Lyov o‘rniga Germaniya termasiga jalb etilgandi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, uni ishdan xaydashdi.

Zayniddin Zidan

"Real" bilan YECHLda ketma-ket 3 marta g‘alabaga erishgach, hamma Zidan nega murabbiylikka qaytmayotgani haqida o‘ylamoqda. 2016-2021 yillar oralig‘ida, kichik tanaffus bilan Zidan "Real" uchun 3 bor YECHLni, 2 marta esa La-liga bosh sovrinini olib berdi. Yaqinda bergan intervyusida afsonaviy futbolchi yana murabbiylikka qaytishi haqida ma’lum qilgandi. U shunday deydi: "Men tez orada yana qaytaman. Ozgina sabr qilinglar".

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:00, 18.12.2023.
O'qildi: 2402 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.