Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

"Neftchi", "Surxon" va "Dinamo" transfer oynasigacha faol harakat qildi

"Neftchi", "Surxon" va "Dinamo" transfer oynasigacha faol harakat qildi

Baho:
+ | -

8 dekabr kuni O‘zbekistonda rasman qishki transfer oynasi ochildi va u 2024 yilning 24 fevraliga qadar davom etadi.

"Superliga va Proliga reglamenti”ning 12.4-bandiga ko‘ra klub qishki transfer oynasi davomida 10 nafar yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. O‘tgan mavsumni Proligada o‘tkazgan klublar sifatida Lokomotiv va Dinamo uchun limit 15 tani tashkil qiladi. Shundan kelib chiqilsa, Superliga klubi 18-dekabrga qadar yangi futbolchini limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin edi. Bu imkoniyatdan Neftchi, Surxon va Dinamo klublari faol foydalanib, har biri 3 nafar yangi futbolchi bilan mehnat shartnomasi imzolashga erishdi. Shundan kelib chiqib, ular transfer oynasi vaqtida davom etadigan imkoniyatni to‘liq saqlab qoldi.

"Neftchi"
Shohruz Norxonov — 2024, dekabr (Buxoro)
Sanjar Qodirqulov — 2024, dekabr (Lokomotiv)
Manuchehr Safarov — 2025, dekabr (Lokomotiv)

"Surxon"
Sarvar Abduhamidov — 2025, dekabr (Metallurg)
Ulug‘bek Hoshimov — 2025, dekabr (Neftchi)
Nodirxon Ne’matxonov — 2025, dekabr (Neftchi)

"Dinamo"
Humoyunmirzo Iminov — 2024, dekabr (Buxoro)
Akbarjon Ismatullayev — 2024, dekabr (Bunyodkor)
Anvarjon Fayzullayev — 2025, dekabr (Yunired).

Yana 5 ta klub bir nafar futbolchini limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.

"Nasaf"
Bobur Karimov — 2026, dekabr (Mash’al)

OKMK
Giorgi Papava — 2025, dekabr (Gagra)

"Bunyodkor"
Rustamxon Azimov — 2025, dekabr (Turon)

"Metallurg"
Rahimjon Davronov 2025, dekabr (Turon)

"Qizilqum"
Jamoliddin Ubaydullayev — 2024, dekabr (Buxoro).

Ma’lumot uchun, mazkur futbolchilarning barchasi o‘zining yangi klubiga erkin agent sifatida o‘tdi.

Kiritildi: 16:18, 18.12.2023.
O'qildi: 3348 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик