Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Namangan viloyati hokimi muxlislar bilan uchrashdi

Namangan viloyati hokimi muxlislar bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Bugun “Navbahor”ning bir necha minglab muxlislari nomidan bir guruh “Navbahor” faxriy muxlislari jamoa uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Markaziy” stadionga tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrifdan asosiy maqsad, “Navbahor”ning so‘nggi yillardagi zafarlari, bu yil Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL)ning madhiyasi Namanganda yangrashiga ulkan hissa qo‘shgan Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” PFK rahbariyati, jumladan, klub vise-prezidenti Otabek Arifovich Samatovga minnatdorchilik izhor etish edi.

“Markaziy” stadionining anjumanlar zalida faxriy muxlislar bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, “Navbahor” PFK vise-prezidenti Otabek Samatov va jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayanlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda muxlislar “Navbahor”ning so‘nggi yillardagi zafari, muvaffaqiyatlari, jumladan, Superligada o‘tgan mavsumda o‘z tarixida ilk marta kumush, bu yil esa 10-marta bronza medallarini qo‘lga kiritganligi, shuningdek, joriy yilda o‘z tarixida ilk marta OCHL guruh bahslarida ishtirok etganligi va qit’amizning ushbu nufuzli musobaqasida debyutant bo‘lishiga qaramay, ijobiy natijalarni qayd etib, 1/8 finalga yo‘l olganligi, jamoaning so‘nggi mavsumlardagi g‘alabalaridan muxlislar xursand bo‘lishgani, “Navbahor” avvalgi obro‘si va brendini tiklayotganligini e’tirof etgan holda, viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov va klub vise-prezidenti Otabek Samatovlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi hamda ularga sihat-salomatlik, “Navbahor”ning rivoji yo‘lida bajarayotgan ishlarida omad yor bo‘lishini tilagan holda, duo qilishdi.

Shundan so‘ng, “Navbahor” muxlislar raisi sifatida 25 yil davomida faoliyat olib borgan Abdullo Ahmedovning o‘rniga Muxtor Yusubbayev rais etib tayinlandi.

Viloyat rahbari ko‘p yillik faoliyati uchun Abdulla Ahmedovga minatdorchilik bildirib, unga televizor sovg‘a qildi.

"Shu o‘rinda “Navbahor” PFK jamoasi nomidan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Shokirjanovichga viloyatimiz taraqqiyoti va Namangan ahli uchun sevimli bo‘lgan “Navbahor” jamoasi rivoji yo‘lida olib borayotgan mehnatlariga minnatdorchilik bildirib, kelgusi ishlarida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz" - deyiladi "Navbahor" klubi matbuot xizmati bayonotida.

Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати
Kiritildi: 18:23, 19.12.2023.
O'qildi: 1226 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.