Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anchelotti: "Haqli g‘alabani qo‘lga kiritdik"

Anchelotti: "Haqli g‘alabani qo‘lga kiritdik"

Baho:
+ | -

Karlo Anchelotti "Real Madrid" "Alaves"ni mag‘lub etishga haqli ekanligini aytdi.

La Liganing 18-turidan o‘rin olgan uchrashuvda ozchilik bo‘lib o‘ynagan Madrid klubi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

"Jamoa katta kuch sarfladi va o‘ylaymanki, yakunda biz g‘alabaga munosib bo‘ldik.

Uchrashuv juda qiyin kechdi. Ozchilikda bo‘lganingizda ko‘pchilik raqib gol ura oladi deb o‘ylashi mumkin, ammo jamoamiz misli ko‘rilmagan kuchga ega. Biz yaxshi ushlab turdik, juda yaxshi himoyalandik va mukofotlandik.

Lukas Vaskesning o‘yiniga kelsak, u ikkinchi o‘yinda jarima maydonchasi ichida paydo bo‘ladi, chunki u yerda juda faol o‘ynaydi. Bu o‘yinda u gol urdi va "Vilyarreal" bilan so‘nggi uchrashuvda golli uzatmani amalga oshirdi. Hajmi bo‘yicha u eng katta futbolchi emas, lekin jarima maydonchasi ichida xavfli ko‘rinadi.

Biz uchun qiyin va og‘ir o‘yin bo‘ldi, ammo jamoaning fidoyiligi evaziga g‘alaba qozondik”, - deydi “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti.

Kiritildi: 09:29, 22.12.2023.
O'qildi: 946 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.