Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

"Real" Anchelottini xursand qilishi mumkin

"Real" Anchelottini xursand qilishi mumkin

Baho:
+ | -

Karlo Anchelotti Rafael Varanning "Real"ga qaytishidan xursand bo‘ladi.

Eder Militao va David Alaba xoch bog‘lamidan jarohat olgani bois, "Real Madrid" markaziy himoyachi qidirishni kuchaytirdi. Madridliklar shoshilmayapti - klub qishki transfer oynasida bozorda paydo bo‘ladigan barcha variantlarni sinchiklab o‘rganib chiqmoqchi.

"Real Madrid" himoyachilari orasida Rafael Varan ham bor, ammo fransiyalik futbolchining transferi Madridda hali rasman muhokama qilinmagan.

AS nashri xabariga ko‘ra, Varanning transferini himoyachini yaxshi biladigan Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real Madrid" murabbiylar shtabi mamnuniyat bilan kutib oladi. Italiyalik murabbiy qo‘l ostida Rafael Madridliklar safida 69 ta o‘yin o‘tkazgan.

Anchelotti Varanning qaytish variantini ijobiy baholaydi, hatto uning jarohatlar tarixini ham hisobga olgan holda, chunki Rafael anchadan buyon o‘zining yuqori darajasini ko‘rsatgan va katta tajribaga ega. Murabbiyga Varanning "Real"ga moslashishi uchun vaqt kerak bo‘lmasligi ham yoqadi. Qolaversa, madridliklar Varanning "MYU"ga 40 million yevroga sotilganini inobatga olsak, uning qaytishi yaxshi kelishuv bo‘ladi, deb hisoblamoqda.

Varanning Madridga qaytishiga asosiy to‘siq uning yuqori maoshi bo‘lishi mumkin. Hozir "Manchester Yunayted"da u yiliga 15 million yevro oladi. Madridni tark etishdan oldin u yiliga 8 million yevro ishlab olgan.

Kiritildi: 19:51, 22.12.2023.
O'qildi: 10284 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.