Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Leonardo Bonuchchi: «Yuventus»ga murabbiy sifatida qaytmoqchiman»

Leonardo Bonuchchi: «Yuventus»ga murabbiy sifatida qaytmoqchiman»

Baho:
+ | -

Sky Sport telekanaliga bergan intervyusida Leonardo Bonuchchi «Yuventus»ga qaytishni xohlashini aytdi...

Shuningdek, Jorjio Kyellini faoliyatini tugatganligi haqidagi xabarga izoh berdi.

- Uzoq yillik qadrdoningiz Kyellini faoliyatini tugatgani haqida e’lon qildi. Bunga qanday qaraysiz?

- Biz hammamiz bu lahzani kutgan edik, bu haqda bir necha kun oldin, MLS finali aravasida bildim va rostini aytsam, bunga tayyor emasdim. Jorjio - bu Italiya futboli hikoyasidir. Men u bilan maydonda va tashqarida birga bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldim va uni futbol menga bergan kam sonli do‘stlardan biri, deb bilaman. Ikkalamiz ko‘p narsalarni baham ko‘rardik va men bu kunni qayg‘uli, deb bilaman. U o‘zi haqida noyob xotiralar qoldirdi.

- U haqda yana nimalarni ayta olasiz?

- U va men xarakter nuqtai nazaridan kechayu kunduzga o‘xshaymiz. Bir marta uning xonasiga kirdim va to‘shakda yotib olib qo‘lga kiritilgan kubok (Evropa kubogi) bilan suratga tushishni bas qilish vaqti kelganini aytdim. Biz terma jamoada, «Yuventus»da bir-birimizni qo‘llab-quvvatladik, yaxshi va yomon kunlarni birgalikda boshdan kechirdik, munozaralar olib bordik, buning natijasida aqliy jihatdan o‘sdik.

- «VVC» qisqartmasiga qanday qaraysiz?

- Bizni bu qisqartma bilan atashganda, men aniq bir narsani ta’kidlamoqchiman: biz ko‘p narsaga erishdik, lekin ortimizda haqiqiy «numero uno» bor edi. Buffon bizni oldinga siljishga majbur qildi, shuning uchun bizni «VVVS» deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi menimcha. Raqamlar shuni ko‘rsatadiki, biz futbol tarixiga kirdik va bu xususiyatlarimizdan eng yaxshi tarzda foydalanishni bilgan Kontening xizmatidir. Keyin Jorjio va men qoldik va bu bizga yanada ko‘proq mas’uliyat bag‘ishladi, chunki biz hali ham sodir bo‘layotgan voqealardan haqiqiy zavq olishimiz mumkinligini bilardik.

- Kelajakda sizni yana «Yuve»da ko‘ramizmi?

- Men har doim orzularimdan biri «Yuventus»ning murabbiyi bo‘lish ekanligini aytganman, ammo oldinda uzoq va mashaqqatli yo‘l bor. Menimcha, Jorjioga direktor bo‘lish buyurilgan va ehtimol bir kun biz yonma-yon o‘tirganimizda birga intervyu berarmiz. Ko‘ramiz, taqdirimizda nima bitilgan ekan. Lekin buning uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz, albatta.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:06, 23.12.2023.
O'qildi: 823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.