Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Mutlaqo nogahoniy qahramon

Mutlaqo nogahoniy qahramon

Baho:
+ | -

«Instagram» ijtimoiy tarmog‘ida 2 million obunachisi bor falastinlik bloger «Gerta» safidagi debyut o‘yinidayoq penaltilar seriyasida gol urdi. Diqqatni tortadigan tomoni, Nodir al Jindaui bundan oldin faqat yoshlar miqyosida va Germaniya chempionati quyi divizionlarida o‘ynagandi. Aniqroq aytsak, 2022 yilning yozida «Gerta» yoshlar jamoasiga qabul qilingan vinger asosan «Shimoliy-SHarq» hududiy ligasi (To‘rtinchi divizion)da to‘p surgan. Endi esa birdan Germaniya kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Gamburg»ga qarshi bahsda «Gerta»dagi debyutini nishonladi. E’tiborli jihat shuki, professional darajada 27 yoshida debyut qilgan Nodir buni gol bilan bezadi.

Tafsilotlarga to‘xtalsak, Nodir al Jindaui 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan vaqt «Gerta» 1:2 hisobida ortda qolayotgandi. Berlinliklar 90-daqiqada muvozanatni tiklashdi, keyin qo‘shimcha bo‘limlarda ham g‘olib tomonni aniqlash imkoni topilmadi - 3:3. Yakunda keyingi bosqich yo‘llanmasi taqdiriga penaltilar seriyasi oydinlik kiritdi. Bunda Nodir ham «nuqta»dan zarba berdi va gol urdi. Xullas, falastinlik bloger «Gerta»ning seriyada 5:3 hisobida ustun kelishiga hissa qo‘shdi.

Alohida aytish kerak, Germaniyada tug‘ilgan asli falastinlik Nodir al Jindaui bloger sifatida ancha tanilgan. Jumladan, «Instagram» tarmog‘idagi obunachilari soni 2 millionga yetgan bo‘lsa, YouTube kanalida chamasi 1,75 million kishi uning sahifasiga yozilgan. Nodir jumladan, «Mening hashamatli hayotim» seriyasiga mansub suratlari bilan mashhur: yaltiroq ko‘ylaklar, qimmatbaho kostyumlar, dabdabali avtomobillar. Sahifasida yana oilaviy suratlari ham ko‘p. Nodir ayniqsa, turmush o‘rtog‘i va ikki farzandi bilan tushgan fotolarni tez-tez joylashtiradi «Instagram»ga...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:39, 23.12.2023.
O'qildi: 922 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик