Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

APLning yil jamoasi

APLning yil jamoasi

Baho:
+ | -

«Spartak»ning sobiq bosh murabbiyi Unai Emeri boshqaruvidagi «Aston Villa» 2023 yilni o‘ta muvaffaqiyatli o‘tkazmoqda.

APLning ortda qolgan 16 turidan keyin jamoa sovrindor uchlikka ko‘tarilib oldi, pesh­qadam «Arsenal» bilan o‘rtadagi farq - atigi 2 ochko. Umuman, joriy yilda «Villa» APL doirasida 24 uchrashuvni o‘z foydasiga hal qildi. Faqat «Manchester Siti» undan oldinda - 26 g‘alaba. Biroq aynan 15-turda jamoa «Villa-Park»da amaldagi chempionni mahv etib (1:0), 3-o‘rinni tortib oldi! Birmingemlik muxlislar uchun ajoyib Yangi yil sovg‘asi!

Shuningdek, jamoa so‘nggi turda peshqadam «Arsenal»ni dog‘da qoldirdi (1:0), «Brayton»ni yirik hisobda (6:1) yengdi, o‘zini tiklay boshlagan «Chelsi» (1:0) va sal avvalroq turnir jadvalini boshqargan «Tottenxem»ni (2:1) ham ayab o‘tirmadi. Qo‘shimchasiga, yevrokuboklarda KLning pley-off bosqichiga chiqdi.

Monchini o‘ziga og‘dirib oldi va yozgi transferni faol o‘tkazdi

2019 yilda Chempionshipdan qaytgach, «Aston Villa» bir nechta saviyali futbolchilarni xarid qildi. Biroq Jek Grilishga qanchalik bog‘lanib qolganligini inobatga olmadi. Bosh murabbiy Din Smit 250 mln. yevrodan ko‘proq mablag‘ni sarflagan bo‘lsada, jamoaning yuragi bo‘lgan sardor o‘rniga munosib nomzod topa olmadi. Grilishsiz qolgan «Villa» pastga sho‘ng‘iy boshladi. Smit o‘rnini egallagan Stiven Jerrardning bir yillik urinishlari natija bermadi va jamoa o‘tgan yilning oktyabriga 17-o‘rinda yetib keldi.

Nihoyat, Unai Emerining vertikal futboli evaziga «Villa» yuqoriga ko‘tarila boshladi: yakuniy 7-o‘rin, so‘nggi 13 yil ichidagi dastlabki yevrokuboklar yo‘llanmasi, Emerigacha nima qilishini bilmay yurgan o‘yinchilardagi taraqqiyot. Jamoaning pozision uslubi ham o‘zgardi - xavfli vaziyatlarni yaratishga «Villa» puxta tayyorgarlik ko‘radigan bo‘ldi, qarshi hujumlarda aniq tizim shakllandi. Futbolchilar esa yangi ustozlarining ko‘rsatma va o‘gitlarni katta qiziqish bilan o‘zlashtira boshladilar. Shu tariqa Emeri qisqa vaqt ichida shogirdlarining ishonchini qozondi.

Turnirning bahorgi bosqichida «Villa» 10ta o‘yinni mag‘lubiyatsiz o‘tkazdi, Emeri esa aprelning eng yaxshi murabbiyi unvoniga sazovor bo‘ldi. Agar yanvardan hisobga oladigan bo‘lsak, jamoa taxmin qilingan ochkolar (xPTS) bo‘yicha ligada 8-o‘rinda bo‘lsa, amalda 2-natijani qayd etdi. Shunday bo‘lsada, murabbiy mukammallik sari izlanishni davom ettirdi.

Yozda «Villa»ga yangi sport direktori - Monchi tashrif buyurdi. «Sevilya»da sermahsul hamkorlikni namoyish etgan Monchi-Emeri dueti Birmingemda qaytadan tiklandi. Natijada klub Yuri Tilemans, Mussa Diabi va Pau Torresni xarid qildi. Hozirda Yuri markazdagi kuchli raqobat tufayli ozroq imkoniyatga ega bo‘lmoqda, lekin Mussa bilan Pau asosiy ijrochilarga aylanib ulgurishdi. Muhimi, «Villa»ning sifatli o‘yini so‘nggi turgacha natijalarda o‘z ifodasini topsin.

Lekin kamchiliklar ham yo‘q emas. Eng ohori to‘kilmagani - 3 dekabrdagi «Bornmut»ga qarshi safar uchrashuvida (2:2) Emeri jamoasi Uotkinsning so‘nggi daqiqadagi goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Biroq bu natijani «Bornmut»ning ijobiy siljishi deyish mumkin - Andoni Iraola o‘zining Angliyadagi «Rayo Valyekano»sini yaratmoqda.

«Aston Villa» qanday o‘ynaydi?

O‘tgan mavsumda Emeri hujumchilar Uotkins - BeyliG‘Buendiya duetiga asoslangan 4-4-2 sxemasidan foydalandi. Jamoa to‘pni egallab olganida, taktika 3-2-4-1 ko‘rinishini olardi. Endi variantlar ko‘paydi - Pau Torresning kelishi yangi imkoniyatlarni berdi, Diabining sermahsulligi qanotlar faolligini oshirdi. To‘p nazorati 49,2dan 52,5 foizga ko‘tarildi.

Jamoaning asosiy yetakchisi - Olli Uotkins, yangi murabbiy davrida u 27ta gol va 12ta assistni amalga oshirdi, Angliya terma jamoasiga muntazam jalb etilmoqda. Markaziy xavbek Duglas Luis - Emeri «Villa»sining taraqqiyot oynasi. Buzg‘unchilik rolining ijrochisi hozir oldingi chiziqda ham samarali to‘p surmoqda, APLdagi 14 o‘yinda 5ta gol va 2ta assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Jon Makginn - barcha jabhalarda o‘ta faol universal, Bubakar Kamara va Luis bilan markazda jamoaning qudratli mushtini shakllantirgan. Uotkins va Diabidan tashqari, murabbiy ixtiyorida Leon Beyli va Nikolo Zanyolo ham xizmatga shay. Himoya chizig‘ida esa Luka Din va Metti Kesh ishonchli o‘yin ko‘rsatishmoqda. Ular qanotlar uchun mas’ullar, markaz esa Torres, Karlos, Konsa va Langlelar nazoratida. Emiliano Martines Emeridan avval ham «Villa»ning yetakchilaridan biri edi. Lekin yangi ustozining o‘gitlari bilan yanada ishonchli, ayniqsa, oyoq bilan o‘ynashda, harakat qiladigan bo‘ldi. Lekin mavsum startida jiddiy yo‘qotishlar ham yuz berdi. Tayron Mingz va Emiliano Buendiya jarohat olib, safdan chiqishdi. Yozgi transfer va ichki zaxiralar ko‘magida Emeri ular o‘rnini to‘ldirdi.

Klub Emeri uchun  komfort sharoit yaratdi

«Villa» sohiblari Nassef Saviris va Ues Edens klubni boshqarish ijobiy muhitni yaratishga oid masalalarni hal qilish huquqini yangi murabbiyga berishdi. «Arsenal»da Emeri bu qadar yuksak ishonchga ega bo‘lmagandi. Ingliz tilida bemalol muloqot qila olmaydigan Emeri bu erkinlikdan unumli foydalanib, ispanzabon assistentlarni yordamga jalb etdi.

52ga chiqqan ispaniyalik sovrinlar shodasi va boy tajribaga ega bo‘ldi. Har bir jihatga jiddiy e’tibor, risoladagidek tarkib va rahbariyatning ishonchi evaziga uning «Villa»si o‘ta maftunkor loyiha darajasiga ko‘tarildi. Buning asosiy sababi nimada? Ispaniyada Emeri APLdagidek moliyaviy imkoniyatlarga ega emasdi. Ehtimol, hozir biz uning faoliyatidagi eng zo‘r jamoaning shakllanish davriga guvoh bo‘layotgandirmiz. Shunday bo‘lsa, «Aston Villa» nafaqat 2023 yilda, balki yana bir necha marta eng yaxshi jamoa bo‘lib qolaveradi.

R.IBROHIMOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 24.12.2023.
O'qildi: 1587 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.