Kirish Ro'yxatdan o'tish

17 yoshli futbolchi "Manchester Siti"ga 25 million yevroga tushadi

17 yoshli futbolchi "Manchester Siti"ga 25 million yevroga tushadi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" "River Pleyt"dan Klaudio Echeverri uchun tovon puli to‘lashga tayyor.

Avvalroq 17 yoshli yarim himoyachiga "Barselona", "Manchester Siti", "Chelsi" va "PSJ" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Jurnalist Janluidji Longari xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" Echeverri uchun 25 million yevro tovon to‘lashga tayyor. 17 yoshli yarim himoyachini o‘zining asosiy maqsadlaridan biri deb biladigan "Barselona" uning transferi uchun pul to‘lashga tayyor emas va yarim himoyachini 2024 yilda erkin agent sifatida sotib olishni istamoqda.

O‘tgan mavsumda Echeverri Argentina chempionatida beshta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchi 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham terma jamoa safida ishtirok etgan.

Kiritildi: 07:21, 25.12.2023.
O'qildi: 1220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.