Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Qo‘qondagi «Markaziy» maydoni tubdan yangilanadi va qo‘shimcha mashg‘ulot maydoni ham qurish reja qilingan

Qo‘qondagi «Markaziy» maydoni tubdan yangilanadi va qo‘shimcha mashg‘ulot maydoni ham qurish reja qilingan

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912" jamoasi kelgusi yilga har tomonlama jiddiy tarzda tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Klubda kelasi yil superligaga har jihatdan tayyor bo‘lib chiqishni maqsad qilgan holda rejalar ishlab chiqildi.

O‘zbekiston professional futbol ligasi so‘nggi yillarda superliga hamda pro liga jamoalariga stadionlar yoritish tizimi va maydon chimi borasida juda katta talablarni qo‘yib bormoqda. Buning natijasida respublikamizda xalqaro darajadagi o‘yinlarni o‘tkazish talablariga javob beradigan stadionlar ko‘payib bormoqda. Albatta yaxshi va sifatli maydonda sifatli futbol bo‘ladi.

Xabaringiz bor, o‘tgan mavsumda Qo‘qondagi «markaziy» stadion yoritgichlari yangitdan zamonaviy lampalar bilan jihozlanib, stadion elektr tizimi tubdan yangilangan edi.

Kelgusi mavsumda jamoa rahbariyati «Markaziy» stadion yoritishi tizimini yanada yaxshilash bilan birga maydon chimini yangilashni ham maqsad qilishgan. «Markaziy» maydoni tagidan yangilanib chiqiladi. Drenaj tizimi, sug‘orish tizimi butunlay yangilanib avtomat sug‘orish tizimiga o‘tiladi. Maydon chimi ham yangitdan urug‘ sepilib, qishin-yozin yam-yashil holatda bo‘lishi ta’minlanadi. Bugungi kunda «Markaziy»da demontaj ishlari boshlanib ketgan. Maydondagi ishlar bilan respublikamizdagi ko‘plab stadionlarni, jumladan Farg‘onadagi «Istiqlol», Andijondagi «Bobur arena» kabi stadionlarni go‘zal holatga olib kelgan mutaxassislar shug‘ullanishadi.

Shuningdek, "Markaziy" stadionga yaqin bo‘lgan joyda mashg‘ulotlar uchun alohida chimli, standart maydon ham qurish reja kiritildi.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 16:12, 26.12.2023.
O'qildi: 1025 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.