Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya 2-1 Tailand
08/01 19:00 Iroq 0-0 Xitoy
08/01 22:30 Cremonese 2-2 Kalyari
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe - Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna

Son Xyong Min endi Beyl va Runi qatorida...

Son Xyong Min endi Beyl va Runi qatorida...

Baho:
+ | -

APL startini «yondirgan» «Tottenxem» birdan to‘xtadi, go‘yo.

Ange Postekoglu jamoasi ajib g‘alabali seriyadan keyin orada naq 5ta o‘yinda raqibdan ustun kelish yo‘lini topolmadi (1ta durang va 4ta mag‘lubiyat). Boz ustiga, mavsum startida Garri Keyn yo‘qligini aslo sezdirmagan Janubiy Koreya milliy jamoasi yetakchisi Son Xyong Minning ishlari ham orqaga ketdi ma’lum muddat. To‘g‘ri, qit’adoshimiz APL 14-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin (3:3)da o‘zini har tomonlama ko‘rsatdi: gol, avtogol va assist! APL tarixiga nazar solsak, koreys yigiti bunday noodatiy natijaga erishgan atigi 5-futbolchi bo‘ldi. Xo‘sh, Angliya chempionatida kimlar g‘ayrioddiy «xet-trik» qayd etishgan?

Son Xyong Min. «Totten­xem»ning «Manchester Siti»ga qarshi safar o‘yini koreyalik hujumchining 2ta goli bilan boshlandi. Faqat shunisi borki, 6-daqiqadayoq hisobni ochgan Son Xyong Min oradan ko‘p o‘tmay, muvozanat tiklanishiga sababchi bo‘lib qoldi. Qit’adoshimiz keyin jamoasining ikkinchi golida hammuallif rolini bajardi va «shporlar» yakunda ort­ga 1 ochko bilan qaytishdi (3:3).

Jeykob Remzi. «Aston Villa» yarim himoyachisi 2022 yilning noyabr oyida «MYU» bilan o‘yinda gol, avtogol va samarali uzatma muallifiga aylandi. Asosiysi, uning o‘z jamoasi darvozasiga to‘p kirib qo‘ygani natijaga uncha ta’sir qilgani yo‘q. Zero, «Villa» yakunda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va avtogolga qaramay, Remzi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

Garet Beyl. 2012 yilning noyabr oyida o‘tkazilgan «Tottenxem» va «Liverpul» qarama-qarshiligida 3ta gol qayd etildi. O‘sha vaqt «shporlar» sharafini himoya qilgan Uels futboli faxri esa har 3ta golda bevosita ishtirok etdi - gol, avtogol va assist. Demak, bu holatda ham qahramonning jamoasi g‘alaba qozongan - 2:1.

Ueyn Runi. «Shrek» 2012 yilning oktyabr oyida bo‘lgan «MYU» - «Stok Siti» o‘yinida urilgan 6ta goldan 4tasida qatnashdi. Aniqroq aytsak, Runi «dubl» yoniga 1ta samarali uzatma va avtogol qo‘shib qo‘ydi. Muhimi, «qizil iblislar» 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Kevin Devis. APLda kuzatilgan birinchi o‘zgacha «xet-trik». O‘shanda, ya’ni 2008 yilning dekabrida «Bolton» hujumchisi «Aston Villa» bilan bahsda jamoasining har ikki golida bevosita ishtirok etdi, biroq bu qahramonligi na o‘ziga tatidi va na boltonliklarga. Qisqasi, «Aston Villa» 4:2 hisobida ustun keldi Devisning avtogoli yordami bilan, albatta.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:00, 27.12.2023.
O'qildi: 1526 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.