Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola "Manchester Siti"dan ketishi mumkin

Gvardiola "Manchester Siti"dan ketishi mumkin

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiy qidirmoqda. Todofichajes yozishicha, janubiy amerikaliklar dastlab "Real" boshqaruvchisi Karlo Anchelottini nishonga olishgan, ammo endilikda boshqa yulduz mutaxassis nomzodini ko‘rib chiqishga tayyor.

Besh karra jahon chempionlari “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiolaga ko‘z tikishdi. 52 yoshli ispaniyalikning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

Braziliyaliklar JCH-2026 saralash bosqichini omadsiz boshlashdi. Olti turdan keyin jamoa yetti ochko jamg‘arib, turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 14:05, 27.12.2023.
O'qildi: 3693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик