"Las-Palmas"ning o‘ng qanot himoyachisi Xulian Arauxo "Barselona"ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Meksikalik futbolchi joriy yilning avgust oyida Kataloniya klubidan mavsum oxirigacha ijara asosida “Las-Palmas”ga o‘tgan edi.
4-yanvar kuni Xulian Arauxo jamoasi "Barsa"ga qarshi maydonga tushadi, biroq 22 yoshli lateral futbolchi “Barselona”ga qarshi o‘ynay olmaydi – bu shart ijara shartnomasida ko‘rsatilgan, deb xabar beradi Marca.
Shu tariqa, "Las-Palmas" La Liganing bo‘lajak uchrashuvida o‘zining muhim o‘yinchilaridan birisiz qiyin bahsga dosh berishga majbur bo‘ladi.