Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Samvel Babayan: “YUlduzlar tashrifi namanganliklar uchun katta bayramga aylanadi”

Samvel Babayan: “YUlduzlar tashrifi namanganliklar uchun katta bayramga aylanadi”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, bugun Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi OFK bosh qarorgohida Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL)ning 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Qur’a natijasiga ko‘ra, nimchorak finalda "Navbahor"ga Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” (Jidda) klubi raqib bo‘ldi.

Qur’a borasida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan quyidagi fikrlarni bildirdi.

- Biz 1/8 finaldagi raqibimizni bilish maqsadida, mazkur qur’ani kutayotgandik. Bizga qaysi klub raqib bo‘lishining farqi yo‘q edi, boisi, ushbu bosqichda kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi.

Qur’aga ko‘ra, “Al-Ittihod”ga raqib bo‘lganimiz va Namanganga yana yulduz futbolchilarning tashrif buyurishlari so‘nggi mavsumlarda “Navbahor”ning avvalgi brendini tiklash uchun samarali faoliyat olib borayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov, klub rahbariyati hamda ishchi-xodimlari, shuningdek, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilarning mehnatlari samarasi hamda jamoaning to‘g‘ri yo‘ldan borayotganligining natijasidir va ushbu tashrif namanganliklar uchun katta bayramga aylanadi.

Biz OCHLda Namangan viloyati bilan birgalikda yurtimiz sharafini ham himoya qilamiz va 1/8 final bahslarida ijobiy natija qayd etish, muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilamiz, - dedi Samvel Babayan.

Kiritildi: 14:51, 28.12.2023.
O'qildi: 3672 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.