"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp shotlandiyalik himoyachisi Endryu Robertsonning salomatligi haqida gapirdi.
"Robbo (Robertson) hali ham yelkasida muammo sezyapti, bu katta operasiya talab etardi. U hali jamoaviy mashg‘ulotlarga tayyor emas.
Albatta, u yanvar oyi davomida safga qaytadi deb o‘ylayman. Bu asta-sekin yaqinlashishi kerak", - deya Kloppning so‘zlarini keltiradi This is Anfield.