Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

“SHaxtyor” yarim himoyachisiga A Seriya grandlari ko‘z tikkan

“SHaxtyor” yarim himoyachisiga A Seriya grandlari ko‘z tikkan

Baho:
+ | -

“Shaxtyor” yarim himoyachisi Georgiy Sudakov yaqin kelajakda yuqori martabaga ko‘tarilishi mumkin. Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, "Yuventus" va "Napoli" 21 yoshli ukrainalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “Yuventus” va “Napoli” Sudakov borasida “Shaxtyor” bilan bog‘lanishgan.

Neapolliklar Elif Elmasni ushbu futbolchi bilan almashtirmoqchi edi. Turinliklar, o‘z navbatida, Georgiyni uzoq vaqtdan beri o‘z ro‘yxatlarida saqlab qolishgan.

Georgiy Sudakovning transfer narxi 35 million yevrodan oshishi mumkin. 2023/2024 yilgi mavsumda Sudakov "Shaxtyor" tarkibida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ularda yarim himoyachi uchta gol urdi va sherigiga bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:48, 29.12.2023.
O'qildi: 787 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик