Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Samarqand-2023. Magnus Karlsen blisda ham g‘oliblikni hech kimga bermadi

Samarqand-2023. Magnus Karlsen blisda ham g‘oliblikni hech kimga bermadi

Baho:
+ | -

Samarqand shahrida o‘tgan shaxmatning blis yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqada yana Magnus Karlsen 21 imkoniyatdan 16 ochko jamg‘argan holda chempionlikni qo‘lga kiritdi. U 2 kun oldin rapid yo‘nalishida ham chempion bo‘lgandi. O‘zi umuman Markaziy Osiyo davlatlari Magnus Karlsen uchun juda omadli bo‘ldi. U o‘tgan yili Olmaota shahrida o‘tgan chempionatda ham rapid va blisda chempion bo‘lgandi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar esa rossiyalik Daniil Dubov va Vladislav Artemyev band etishdi. Ular mos ravishda 15,5 va 15,0 ochko to‘plashdi.

O‘zbekistonliklar orasida esa eng yaxshi natijani Shamsiddin Vohidov qayd etdi. U 12,5 ochko bilan 29-pog‘onani band etdi. Hamyurtimiz 1500 dollar mukofot puliga ega bo‘ldi.

Qolgan vatandoshlarimiz esa mukofot puli beriladigan o‘rinlarga kira olishmadi. Nodirbek Yoqubboyev 12,5 ochko bilan 40-o‘rinni, Javohir Sindarov 12 ochko bilan 49-pog‘onani va Nodirbek Abdusattorov 11,5 ball bilan 60-o‘rinni egalladi.

Yakuniy uchlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Magnus Karlsen (Novegiya) — 16 ochko.
2. Daniil Dubov (Rossiya) — 15,5 ochko
3. Vladislav Artemyev (Rossiya) — 15,0 ochko.

Ayollar orasida esa Valentina Gunina 14 ochko bilan blis yo‘nalishida jahon chempioni bo‘ldi. Kuchli uchlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Valentina Gunina (Rossiya) — 12 ball
2. Aleksandra Kostenyuk (Shveysariya) — 11,5 ball
3. Ju Jiner (Xitoy) — 10,5 ball.

Hamyurtlarimiz orasida Umida Omonova 9,5 ochko bilan 32-o‘rinni, Afro‘za Hamdamova esa 7 ochko bilan 71-pog‘onani band etdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:19, 30.12.2023.
O'qildi: 2036 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.