"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri "Barselona" futbolchisi Gavining jarohati haqida gapirdi.
"Gavining jarohati juda jiddiy, ammo bu hayotning bir qismi, u juda yosh va bu sinov uni yanada kuchliroq qilishiga ishonaman, u endigina 19 yoshda. U jarohat olib, kiyim almashtirish xonasida bo‘lganimizda, biz uni tinchlantirishga harakat qildik va u o‘zini tez orada tiklashini aytdik. Bu juda og‘ir kun edi”, - dedi Rodri.