Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

«Atletik» taraqqiyoti dvigateli kim?

«Atletik» taraqqiyoti dvigateli kim?

Baho:
+ | -

La Liganing ortda qolgan 18 turida «Atletik» (Bilbao») 34ta gol urdi.

Ya’ni, sermahsullik bobida basklar jamoasi «Barselona» bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Mazkur natija jamoaning yuksak cho‘qqilarni zabt etishga bel bog‘laganligidan guvohlik beradi. Hozirda 5-pog‘onani band etgan «sherlar» so‘nggi 8 uchrashuvni mag‘lubiyatsiz o‘tkazishdi.

Ernesto Valverde jamoa­si hozir gollar ko‘rsatkichini o‘tgan mavsumga nisbatan +0,7ga yaxshilab oldi. Bu borada faqat «Jirona» (0,85) «Atletik»dan oldinda. Jamoa joriy mavsumda 70tadan ko‘proq gol urishi mumkinmi? Urishidan ko‘ra ura olmaslik ehtimoli ko‘proq. Agar ura olsa, o‘tgan mavsumning eng yuqori ko‘rsatkichlaridan birini takrorlagan bo‘ladi. buni faqat «Real» va «Barselona» kabi grandlar uddalay oladi. Joriy mavsumda «Jirona» ham ular safiga qo‘shilishi mumkin.

Mavsum starti basklar plankani qanchalik ko‘tarib yuborganliklarini inobatga olsak, yaqin oylarda mahsuldorlik pasayishi mumkin. Lekin hozirga qadar erishilgan muvaffaqiyat shunchaki, o‘tkinchi hodisa emas.

«Atletik»dagi  sermahsullikning  ijodkorlari kimlar?

Avvalo, Inyaki Uilyamsning samaradorligi oshganligi, Niko Uilyamsdagi shiddatli taraqqiyot va jamoa Aduris davridan beri Gurusetadek barqaror markaziy hujumchiga ega bo‘lganligini ta’kidlash joiz. Aynan shu 3 nafar o‘yinchi raqib jarima maydonchasida o‘ta faol ekanligini oddiy muxlis ham tasdiqlaydi. Tabiiyki, aynan shu uchlik hujumkor yadro vazifasini ado etmoqda. Lekin Oyan Sansetni tilga olmasdan jamoaning shiddatli hujumlarini zikr etish noto‘g‘ri bo‘lardi.

Har qanday jamoaning asosiy muammolaridan biri o‘yinning uyg‘unligini ta’minlash hisoblanadi. Zamonaviy futbolda asosan jismoniy tayyorgarlikka tayangan, lekin hujumda o‘ta jo‘n harakatlarni chetlagan holda samarali to‘p surish muhim ahamiyat kasb etadi. «Sherlar»ning baxtiga, ular safida Sanset bor. O‘zining ikkinchi mavsumida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan 23 yoshli xavbek ana shu uyg‘unlik yaratuvchisidir. Oyan La Liganing 15ta uchrashuvida u 3ta gol va 4ta assistni rasmiylashtirdi. Ba’zan Sanset sermahsullik layoqatini seriyaga aylantira oladi. Biroq shu bilan cheklanib qolmagan holda o‘zining asosiy vazifasi - hujum tashkil etishni ham o‘rniga qo‘yadi. Aynan uning sa’y-harakatlari evaziga «Atletik»ning hujumkorlik salohiyati yuksak darajaga ko‘tarildi.

Joriy mavsumda Oyan gol+pas tizimi bo‘yicha jamoadoshlari orasida 4-ko‘rsatkichni qayd etmoqda. Biroq u gol bilan yakunlangan hujumlarni tashkil etish bobida «sherlar»ning yetakchisi. La Liga jamoalaridagi yarim himoyachilar orasida faqat Pedri («Barselona») va Aleysh Garsiya («Jirona») undan oldinroqda borishmoqda.

Pamplonalik futbolchi hujumning yakuniy bosqichida ham o‘z yordamini ayamasada, avvalo jamoadoshlari uchun qulay vaziyatlarni vujudga keltirishga intiladi. U ayniqsayarim himoya chizig‘idan hujumga o‘tishda muhim o‘rin tutadi. Sanset asosan o‘ng qanotda to‘p surgani sababli, Inyaki Uilyams jamoaning eng sermahsul o‘yinchilari safida bormoqda.

Basklar jamoasi qanday taktik sxemani (4-3-3 yoki 4-2-3-1) qo‘llashidan qat’iy nazar, Sanset ko‘proq o‘ng qanotda markaziy chiziq va raqib himoya chizig‘i oralig‘ida harakatlanadi, to‘pni ishonchli nazorat qilish va chaqqonligi evaziga jamoani tezkor qarshi hujumga o‘tishini ta’minlaydi. Sanset jamoani olg‘a yetaklovchi uzatmalar bo‘­yicha ham La Ligadagi yarim himoyachilar orasida peshqadamlik qilmoqda. «Sherlar»ning deyarli barcha hujumlari aynan uning hududiga to‘p uzatish bilan boshlanadi. Oyan esa fursatni boy bermasdan oldingi chiziqdagi jamoadoshini, ko‘pincha, Inyakini to‘p bilan ta’minlaydi. Uilyams esa yakuniy harakatlarni amalga oshiradi. Mana shu uslub hozirda «Atletik»ning asosiy qurollaridan biriga aylangan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Joriy mavsumda Sanset Uilyams uchun 12 marta qulay vaziyatni vujudga keltirdi - mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha ham Oyan boshqa jamoalardagi kasbdoshlaridan oldinda bormoqda.

Iker Munyainning futbolchilik faoliyati tobora nihoyasiga yaqinlashib bormoqda. Uzoq yillar davomida u «Atletik»ning ijodiy markazi maqomida faoliyat yuritdi, 500dan ortiq uchrashuvlarda maydonga tushdi. Oyan Sansetning jamoaga kelishi va yuksak saviyaga ko‘tarilishi evaziga «sherlar»ning hujumkorlik layoqati yanada sayqal topdi. Munyain klassik «o‘nlik» pozisiyasida to‘p suradi. U to‘p bilan muomala qilishga ko‘p vaqt sarflaydi va ko‘proq o‘z nazoratida olib yuradi. Sansetning harakatlari esa nisbatan shiddatliroq, to‘pga teginishlar soni ozroq. Lekin uzatmalari aniq, samaradorligi a’lo darajada.

Diqqatga sazovor jihat shuki, Sanset ham, Munyain ham Pamplona o‘g‘lonlari. Taqdir taqozosi bilan, «Atletik» faxriy sardor o‘rnini to‘ldirish muammosidan xoli - navqiron xavbek nafaqa taraddudini ko‘rayotgan hamshahri o‘rnini bemalol bosa olishiga shubha yo‘q.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:32, 01.01.2024.
O'qildi: 1090 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.