Kirish Ro'yxatdan o'tish

Farhod Bekmurotov: «O‘tgan yilgidan yaxshiroq natija qayd etamiz, degan umiddaman»

Farhod Bekmurotov: «O‘tgan yilgidan yaxshiroq natija qayd etamiz, degan umiddaman»

Baho:
+ | -

Yanvar oyi boshlangach, asosiy tayyorgarlik ishlari boshlanadi. “Andijon”ning yetakchilaridan biri Farhod Bekmurotovning ham yangi mavsumdan umidi katta.

Bu xususida futbolchi “Andijon” matbuot xizmatiga shunday dedi:

"Avvalo, “Andijon” muxlislarini, rahbarlarimizni, ishchi xodimlarni, ahil kollektivimizni yangi yil bilan tabriklayman. Doim sog‘ omon bo‘lishsin, xonadonlariga fayzu baraka yog‘ilsin.

Xudo xohlasa, yangi mavsumdan ham umidim katta. Nasib qilsa, o‘tgan yilgidan yaxshiroq natija qayd etamiz, degan umiddaman. Buning uchun o‘tgan mavsumdagi kabi hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz kerak va shunday ham bo‘ladi.

Maqsadim har bir o‘yinda jamoaga yordamim tegishi uchun bor kuchim bilan maksimal harakat qilaman”, - deydi Bekmurotov.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:46, 02.01.2024.
O'qildi: 1061 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик