Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Man Siti" Bonuchchi uchun juda katta summa taklif qilgandi

"Man Siti" Bonuchchi uchun juda katta summa taklif qilgandi

Baho:
+ | -

"Union" markaziy himoyachisi Leonardo Bonuchchi "Manchester Siti"ga muvaffaqiyatsiz transferi haqida malumot berdi.

"2016 yilda men «Manchester Siti»da o‘ynashim mumkin edi. Klub «Yuventus»ga 100 million taklif qildi, ammo men qolishga qaror qildim", - deya Bonuchchining so‘zlarini keltiradi The Sun.

Futbolchining qo‘shimcha qilishicha, Pep Gvardiola jamoasida o‘ynash u uchun katta yutuq bo‘ladi, lekin u har doim yuragiga quloq tutishini, shu sababdan «Yuventus»da qolganini ta’kidladi. Shu yilning sentyabr oyidan boshlab 36 yoshli futbolchi "Union" tarkibiga kelib qo‘shildi.

Bu mavsumda Bonuchchi barcha turnirlarni hisobga olgan holda o‘nta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urdi.

Kiritildi: 13:32, 02.01.2024.
O'qildi: 1529 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.