Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

"Borussiya D" Sanchoning "arendasiga" qancha bermoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

"Borussiya D" Sanchoning "arendasiga" qancha bermoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi qanot hujumchisi Jeydon Sanchoni "Manchester Yunayted" bilan qaytarish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, nemis klubi 23 yoshli ingliz futbolchisini 3,5 million yevro evaziga ijaraga olishi mumkin. Bu summaga ijara haqi va futbolchining "MYU"dagi maoshining bir qismi uchun tovon puli kiradi.

Sentyabr oyida "Manchester Yunayted" bosh murabbiy Erik ten Xag bilan mojarodan so‘ng Sancho asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarni to‘xtatganini e’lon qildi. Murabbiy agar Sancho undan va jamoadan kechirim so‘rasagina, futbolchini tarkibga qaytarishga tayyor ekani xabar qilingandi.

2023/24 yilgi mavsumda angliyalik futbolchi "Manchester Yunayted" safida APLda 3 ta o‘yin o‘tkazdi. Uning shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 00:45, 03.01.2024.
O'qildi: 1213 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик