Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"PSJ" futbolchisiga Bundesliganing ikki klubi xaridor

"PSJ" futbolchisiga Bundesliganing ikki klubi xaridor

Baho:
+ | -

Germaniyaning "Ayntraxt" va "Volfsburg" klublari fransiyalik "PSJ" hujumchisi Ugo Ekitikeni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Fabris Xokins ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Ayntraxt" futbolchini 2023 yilning yozidan buyon kuzatib kelmoqda. Qolaversa, futbolchiga Angliyaning “Vulverxempton” klubi qiziqish bildirgan. Qayd etilishicha, eng yaxshi variant sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo‘lib ko‘rinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi Yevropadagi transfer oynasining so‘nggi kunlarida Ugo Ekitika uchun 40 million yevro taklif qilgani haqida xabar berilgan edi. Parijliklar rahbariyati 21 yoshli hujumchini klubda olib qolishga qaror qildi.

Ugo Ekitike Fransiya chempionatining joriy mavsumida atigi bitta o‘yin o‘tkazdi. O‘tgan mavsumda u "PSJ" safida barcha turnirlarda 32 o‘yin o‘tkazib, 4 gol va 4 golga assistentlik qilgan.

Kiritildi: 17:14, 03.01.2024.
O'qildi: 888 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик