Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

"Jirona" ustozi: "Tarixiy kecha"

"Jirona" ustozi: "Tarixiy kecha"

Baho:
+ | -

“Jirona” bosh murabbiyi Michel jamoasining “Atletiko”ga (4:3) qarshi o‘yindagi muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi.

Kataloniyaliklar uchrashuv davomida ikki marta ustunligini boy berishdi, ammo kerakli vaqtda hal qiluvchi golni urishga muvaffaq bo‘lishdi: 91-daqiqada Ivan Martinning aniq zarbasi “Jirona”ga navbatdagi g‘alaba keltirdi.

"Tarixiy kecha. Futbolchilar o‘yinning qiyin davrlarida qanday qilib chidamli bo‘lishni bilishadi. Ular bizning vaqtimiz kelishini kutishimiz kerakligini tushunishdi - oxirida biz rag‘bat oldik. Men juda mamnunman", - dedi Michelning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.

"Jirona" 19-turdan keyin "Real" bilan La Ligada birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Jamoalar 48 ochko jamg‘argan bo‘lsa-da, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bois “qaymoqranglilar” yuqoriroq.

Kiritildi: 07:19, 04.01.2024.
O'qildi: 1002 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик