Kirish Ro'yxatdan o'tish

2023 yilning eng yaxshi to‘purarlari (top-10)

2023 yilning eng yaxshi to‘purarlari (top-10)

Baho:
+ | -

2023 yil dunyo futbolida yarim himoyachilar narxi keskin oshib, 100 milliondan ortiqqa baholana boshladi. Ammo hali ham hujumchilar sohaning eng qimmat vakillari sanaladi. Negaki, aynan ular o‘yin taqdirini hal qiladi. Quyida o‘tgan yil davomidagi eng yaxshi hujumchilar o‘ntaligini bilib olasiz.

10. Santyago Ximenes

Klubi: "Feyenoord"
Millati: meksikalik
Gollari: 39 ta

Umuman olganda, Yevropaning har qaysi katta klubi Ximenesga qiziqish bildirmoqda. Nega bunday bo‘lganini esa futbolchining statistikasi ayta oladi. Meksika terma jamoasi a’zosi joriy mavsumning o‘zida 16 ta bahsda 18 ta golga mualliflik qildi. Muxlislar uni tez orada birorta katta klubga o‘tishini kutmoqda.

9. Barnabash Varga

Klubi: "Ferensvarosh"
Millati: venger
Gollari: 39 ta

Varga 30 yoshga yaqinlashgan holda Vengriya terma jamoasiga chaqiriq oldi. U o‘tgan mavsumda "Paks" bilan eng yaxshi to‘purarga aylana olgandi. Shu sabab uni mamlakatning eng katta klubi bo‘lgan "Ferensvarosh" xarid qildi. Bu esa bekorga emas, albatta.

8. Xerman Kano

Klubi: "Fluminense"
Millati: argentinalik
Gollari: 40 ta

Kano 2023 yilda o‘z jamoasining eng zo‘ri bo‘la oldi desak, yangishmagan bo‘lamiz. 36 yoshli hujumchi "Fluminense"da faoliyatidagi ilk katta sovrin bo‘lmish, Libertadorlar kubogiga ega chiqdi. U musobaqa yarim finalida 3 ta, finalida esa 1 ta gol urishga erishgandi.

7. Deni Buanga

Klubi: "LA"
Millati: gabonlik
Gollari: 40 ta

"Los-Anjeles" MLS bosh sovriniga erisha olmadi. Ammo bu narsa Buangani gol urishdan to‘xtata olgani yo‘q. 2023 yil davomida Gabon terma jamoasi a’zosi 40 ta gol urdi. Shulardan 38 tasi klub miqyosida, 2 tasi esa terma jamoada yuz berdi.

6. Romelu Lukaku

Klubi: "Inter", "Roma"
Millati: belgiyalik
Gollari: 40 ta

Lukaku uchun 2023 yil omadli kelmadi. Ammo u gol urishni unutib qo‘ygani yo‘q. Belgiyalik 17 tagina golni klublarda kiritgan. Ammo u terma jamoada o‘ta yuqori daraja namoyish eta oldi. Hujumchi 9 ta bahsda 15 ta gol urdi. Yevro saralashlarida esa 14 ta golga mualliflik qildi.

5. Garban Koxlan

Klubi: "Kashmer Teknikal"
Millati:  irland
Gollari: 42 ta

Koxlan hammagayam tanish bo‘lmagan futbolchi. Ammo u o‘z klubi uchun o‘ta muhim shaxs sanaladi. Koxlan Yangi Zelandiya chempionatida gollarni shunchaki, zavq olish uchun kiritadi. U 42 ta golni faqatgina 2023 yilda urdi.

4. Erling Xoland

Klubi: "Manchester Siti"
Millati: norveg
Gollari: 50 ta

"Shaharliklar"ni trebl zafariga chorlagan futbolchi kalendar yili davomida ajoyib harakat qildi. Ko‘pchilik tomonidan eng yaxshi sifatida e’tirof etilgan Xoland, 2023 yilda naq 50 ta gol urishga erisha oldi.

3. Xarri Keyn

Klubi: "Tottenxem", "Bavariya"
Millati: ingliz
Gollari: 52 ta

Ko‘p yillik harakarlardan keyin, Keyn vanihoyat 2023 yilning yozida "Tottenxem"dan ketdi. U Londonda klub rekordchisiga aylana olgandi. Angliya terma jamoasi a’zosi Germaniyada ham o‘z ishini davom ettirib, Bundesliganing eng tez 20 ta golga erishgan ilk futbolchisiga aylandi.

2. Kilian Mbappe

Klubi: "PSJ"
Millati: fransiyalik
Gollari: 52 ta

2023 yil Mbappeni qanchalik yaxshi hujumchi ekanini yana bir bor isbot etdi. U "PSJ" bilan chempion bo‘lib, turnirning eng yaxshi to‘purariga aylandi. "Oltin to‘p" sovrini uchun ro‘yxatda esa uning nomi uchinchi o‘rinda qayd etildi.

1. Krishtianu Ronaldu

Klubi: "An-Nasr"
Millati: portugal
Gollari: 54 ta

Ha, Ronaldu qayerga borsa ham, Ronalduda! U hali-hamon gollar urishdan to‘xtagani yo‘q. Garchand, endi Saudiyada harakat qilayotganiga qaramasdan, Ronaldu 54 ta golga mualliflik qila oldi. U 38 yoshida shu natijaga erishdi. Nima ham derdik, u – daho.

 

 

 


ISMATOV J.

 
Manba: 90min.com
Kiritildi: 12:00, 04.01.2024.
O'qildi: 2695 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.