Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

"Jirona" futbolchisiga "Chelsi"dan taklif kelib tushmagani ma’lum bo‘ldi

"Jirona" futbolchisiga "Chelsi"dan taklif kelib tushmagani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Jirona" boshqaruvi raisi Pere Gvardiola (Pep Gvardiolaning akasi) hujumchi Artyom Dovbikning Londonning "Chelsi" klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyigacha La Ligadagi debyut mavsumida 26 yoshli ukrainalik futbolchi 18 o‘yinda 11 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi. Hujumchi Ispaniya chempionati to‘purarlari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

"Oxirgi mish-mishlarga qaramay, "Chelsi"dan Dovbikning transferi bo‘yicha hech qanday taklif olganimiz yo‘q. Hech kim biz bilan bog‘lanmadi. Biz hech kimni sotmoqchi emasmiz", - dedi Gvardiola Relevo bilan suhbatda.

"Jirona" ayni damda "Real" bilan La Liga turnir jadvalida birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. "Chelsi" Premyer-ligada o‘ninchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 18:18, 04.01.2024.
O'qildi: 1671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик