Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Osiyo kubogi: eng, eng, eng...

Osiyo kubogi: eng, eng, eng...

Baho:
+ | -

Osiyo kubogi boshlanishiga 7 kun qoldi. Musobaqaga oid ayrim statistikasi va faktlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

➖ Qatarda start oladigan bu galgi Osiyo kubogi OFK tomonidan 18-bor tashkil etilmoqda.

➖ Qatar Osiyo kubogi final bosqichiga eng ko‘p mezbonlik qilgan mamlakat, shuningdek, musobaqaning amaldagi g‘olibi ham hisoblanadi.

➖ Koreya Respublikasi va Eron terma jamoalari turnirda eng ko‘p ishtirok etgan bo‘lsada (15 marta), bosh sovrinni Yaponiya eng ko‘p qo‘lga kiritgan (4 marta, 1992, 2000, 2004, 2011)

➖ Osiyo kubogi final bosqichining eng yaxshi to‘purari Ali Dayi bo‘lib, eronlik hujumchi turnirda 14 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

➖ Osiyo kubogi final bosqichida eng ko‘p ishtirok etgan futbolchi – Ignatiy Nesterov hisoblanadi. U O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 5 marta ushbu turnirda qatnashgan (2004, 2007, 2011, 2015, 2019).

➖ 2019 yil BAA mezbonlik qilgan Osiyo kubogida ishtirokchi terma jamoalar soni 16 tadan 24 taga ko‘paytirildi. Musobaqa davomida jami 51 ta uchrashuv o‘tkazilgan. Shuningdek, 2019 yilda 1956 yildan 2015 yilga qadar foydalanilgan kubok dizayni ham o‘zgartirilgan.

➖ Osiyo kubogi final bosqichida 1996 yildan buyon muntazam ravishda ishtirok etib kelayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28 uchrashuv o‘tkazgan va ularning 13 tasida g‘alabaga erishgan. Jamoamizning turnirdagi eng yaxshi natijasi yarim final bo‘lib, 2011 yil aynan Qatarda qayd etilgan.

➖ Milliy jamoamizning Osiyo kuboklaridagi eng yaxshi to‘purari esa Aleksandr Geynrix hisoblanadi (6 gol).

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:36, 05.01.2024.
O'qildi: 4095 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик