Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" "Lill"ning jarohat olgan futbolchisini 3 million yevroga sotib olmoqda

"Yuventus" "Lill"ning jarohat olgan futbolchisini 3 million yevroga sotib olmoqda

Baho:
+ | -

"Yuventus" va "Lill" Tiagu Djalo transferi bo‘yicha kelishib oldi.

Oldinroq turinliklar himoyachini yanvarda 1,5+1,5 million yevro evaziga sotib olmoqchi ekani haqida xabar berilgandi. "Inter" Djaloni yozda erkin agent sifatida sotib olishni rejalashtirgandi.

Insayder Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, "Lill" "Yuventus"dan 3,5 million yevrolik taklifni qabul qilgan. Djalo "Yuventus" va "Inter" o‘rtasida tanlov qilish kerak.

Qayd etilishicha, "Lill" Djalo klubni tekinga tark etmoqchi bo‘lsa, uni mavsum oxirigacha zaxirada qoldirish niyatida.

Himoyachi ayni damda mart oyida olgan tizzasidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘lmoqda.

Kiritildi: 21:29, 06.01.2024.
O'qildi: 1072 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик